“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 13:57
ЎЗO‘Z

Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini bilib olish mumkin

14 iyul, 08:58 30 959 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini bilib olish mumkin Inson qanday holatda uxlashiga qarab uning xarakterini (fe’l-atvorini) bilib olish mumkinmi?

Bu sohada jiddiy tadqiqotlar olib borilmasa ham insonning harakati, faolligi, xususiyatlari uning shaxsiyatini ko‘rsatishi to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar bor. Xuddi shuniingdek, ko‘plab shifokor va ruhshunoslar kishining uyqu davomidagi holati inson fe’lini bilib olishga yordam berishini ta’kidlaydilar.

Qolaversa, uyqu holatlarining o‘ziga xos jihatlari xususida quyidagilarni bilib qo‘yish foydadan holi bo‘lmaydi.

«Shox holati». Osmonga qarab, qo‘llari tana uzunasida, oyoqlarini to‘g‘ri qilib uxlaydigan insonlar batartib, og‘ir-bosiq, tirishqoq va izlanuvchandirlar. Ular sog‘lom aqli bilan ajralib turadi, hayotda peshqadamlik qilishga harakat qiladilar.

«Uchish holati». Osmonga qarab, qo‘llari va oyoqlari har tomonga yoyilib uxlovchilar, ochiq fe’lli, yengil tabiatli insonlar hisoblanadi. O‘zgarishlardan qo‘rqmaydi, lekin ular tartibsiz, har doim ham ularga ishonib bo‘lmaydi.

«Qulf holati». Yonboshga qarab, qo‘llari bosh ostida, oyoqlar bukilgan holatda uxlovchi insonlar ishonchli, og‘ir-bosiq, yon bosishga tayyor, har qanday qiyinchiliklarga chidamli. Lekin rahbarlikka intilmaydigan kishilardir.

«Homila holati». Yonboshga qarab, qo‘llar bosh ostida yoki ko‘krakka yopishgan holda, bukcha-yib va bezovtalanib yotadigan insonlar ojiz va himoyaga muhtoj bo‘ladi.

Nimanidir ushlab uxlash. Agar inson yostig‘ini yoki yelkasini ushlab uxlasa, bunday odam qanday yo‘l tanlashni bilmay qiynalayotganidan darak beradi. O‘z kuchiga ishonmaydi va hayotda yordamga muhtoj bo‘ladi.

Qorin bilan yotish. Bunday xolatda uxlaydigan insonlar ehtiyotkor, erkin yurolmaydigan va o‘ziga ishonmagan, atrofdagilar fikri bilan yashaydigan insonlardir.

Devorga qarab yotish. Bunday holatda uxlash uyatchanlikni va atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishni xohlamaslikni bildiradi.

Manba: Mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 205
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 316
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 172
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 360
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 250
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar