“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:02
ЎЗO‘Z

Alloh muhabbatiga erishtiruvchi 10 ta amal

10 iyul, 19:30 7 733 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alloh muhabbatiga erishtiruvchi 10 ta amal Allohning muhabbatiga erishish eng oliy baxt. Bu fikrni har tomonlama isbotlasa bo‘ladi. Inson insonning muhabbatini qozonsa, qanchalik mehrga, yaxshilikka erishadi. Alloh muhabbatini qozonish esa, bundanda ulkan baxtga, saodatga olib boradi. Nafaqat bu dunyoda, balki abadiylik makoni oxiratda ham.

Xo‘sh, qanday amallar kishini Alloh muhabbatiga erishtiradi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Muslim.uz saytida keltirilgan maqolada bu haqda so‘z boradi.

1. Qur’oni Karimni, uning ma’nolarini tadabbur qilib qiroat qilish. Ya’ni, kalomullohning har bir oyatini tushungan holda, ularning zamirida yotgan ma’nolarni tafakkur etib, tilovat qilish.

2. Farz ibodatlarni ado qilish bilan birga nafllarni ham qilib borish! Alloh taolo hadisi qudsiyda nafllarni qilib yurgan bandasini yaxshi ko‘rib qolishini aytgan.

3. Allohning zikrini doim til, qalb, amal va hol bilan qilib borish! Ya’ni, Alloh tomonidan buyurilgan amallarni ham jismoniy, ham ruhiy tomondan amalga oshirish zarur. Ana shunda inson tashqi va ichki tomondan mutanosib ixlosga erishadi.

4. Oxirat ishini har qanday dunyo ishidan ustun qo‘yish! Oxirat ishi nima, bu – Allohning farzlarini qilish va uning qaytariqlaridan qaytishdir.

5. Allohning ismlari, sifatlari haqida o‘ylab, ular to‘g‘risida tafakkur qilish! Allohning 99 ism va sifati mavjud. Ularning har birida ulkan ma’no va hayot hikmati yashirin. Ana shular haqida tafakkur qilish ham Yaratgan muhabbatiga olib boradi.

Yana quyidagi amallar Allohning bandasiga muhabbat qo‘yishiga sabab bo‘lar ekan:

6. Alloh taoloning marhamatlari, zohiriy va botiniy ne’matlari, ehsonlari haqida o‘ylash, ularni his qilish!

7. Uning huzurida siniqlik, xorlik, muhtojlikni his etish!

8. Kechaning oxirgi qismida xoli qolish, ibodat, Qur’on tilovati va tavba-istig‘for bilan bedor bo‘lish!

9. Solihlar, muhiblar, sodiqlar va oriflar bilan birga o‘tirib, ularning hikmatlaridan bahramand bo‘lish!

10. Alloh azza va jalla bilan banda o‘rtasiga to‘siq bo‘ladigan har qanday gunohlardan tiyilish!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 194
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 122
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 131
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar