“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 19:48
ЎЗO‘Z

To‘xta, nafsim, to‘xta!

03 iyul, 12:23 5 520 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘xta, nafsim, to‘xta! Bir kishi tuyasini sotmoqchi bo‘lib bozorga bordi. Lekin juda katta narx so‘ragani bois, xaridorlar: “Voy-bo‘, qimmat-ku!” – deya qaytib keta boshlashdi. Shunda sotuvchi:

– Bu oddiy tuya emas, “uh”, desangiz yuradi, “uh-uh”, desangiz chopadi, “omin”, deganingizda to‘xtaydi, – dedi.

Bir zumda tuyaning atrofini qiziquvchilar o‘rab oldi. Ulardan biri: “Avval sinab ko‘raylik, aytganingiz rost bo‘lsa, men sotib olaman”, deya tuyaga mindi va “uh”, deyishi bilan tuya yurib ketdi, “uh-uh”, deganida chopishni boshladi. Odamlarning hayrat bilan kuzatayotganlarini ko‘rib hayajonda qolgan odam tuyani to‘xtatadigan so‘zni unutib qo‘ydi. Tuya esa bu vaqtda chopa-chopa jarlik yoqasiga kelib qolgandi. Bir qadam tashlasa, bas, jarlikka uchib tushishlari muqarrar bo‘lib turgan paytda, odamning esiga tushib “omin”, deb baqirib yubordi. Tuya to‘xtadi. Shu asnoda halokatdan omon qolgani sevinchi bilan yana “uh-h-h” deb yubordi. Tuya harakatga tushdi-yu, ikkovi ham jarlikka quladi...

Hikoyadagi tuya singari, nafs ham qancha insonlarga “uh” degizib, o‘z yo‘lida davom etaveradi. Bandaning: “Uh, nihoyat nafsimning tug‘yonlaridan qutuldim”, deyishi esa o‘zini ma’naviy jarlik tomon otish bilan barobardir.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 114
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 284
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 139
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 329
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 218
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 279
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi? 01 мая, 18:53 1
  • "Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi 01 мая, 18:33 1
  • Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi 01 мая, 18:23 0
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 3
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 57
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 176
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Bo‘limlar