“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:35
ЎЗO‘Z

Nega tabassumni sadaqa deyilgan?

27 iyun, 14:43 5 546 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega tabassumni sadaqa deyilgan? Psixologlar tabassumning boshqalarga ta’sirini o‘rganib chiqdilar va “Tabassum – o‘zi bilan kuchli ma’lumotlarni olib yuradi va u ma’lumotlar insonning ichki dunyosiga va aqliga ta’sir qiladi” degan xulosaga keldilar. Ular tadqiqotlari davomida har bir insonning o‘ziga xos tabassumi bo‘lib, boshqalarnikiga o‘xshamasligini, har bir insonning tabassumi turli ta’sir kuchiga ega ekanini aniqladilar. Turli insonlarning tabassumlarini tasvirga tushirib, olingan kadrlarni sekinlashtirib ko‘rganlarida, har bir tabassumga muvofiq shaklda yuzning muayyan harakatlanishini ko‘rdilar.

Bir insonning o‘zida bir necha turdagi tabassum mavjud bo‘lib, bu tabassumlar o‘sha insonning ruhiy holati, aytadigan so‘zi va oldida turgan kishiga qarab o‘zgarar ekan.

Ushbu tadqiqotlarning muhim xulosalaridan biri shuki, kishi tabassum orqali boshqalarga hadya berar ekan. Shuning uchun ham tabassum quyidagi sabablarga ko‘ra moddiy hadyadan ustun turar ekan:

1. Siz tabassum orqali boshqalarning qalbiga xursandchilik kirita olasiz. Bu esa hadyaning bir turidir. Balki hadyadan ham muhimroqdir. Chunki, o‘rganishlar shuni ko‘rsatyaptiki, insonning xursandchilikka, shodlikka bo‘lgan ehtiyoji gohida taom va ichimlikka bo‘lgan ehtiyojidan ham ustun turadi. Zero, shodlik ko‘plab kasalliklarga malham bo‘ladi. Bu kasalliklarning boshida esa, yurak kasalliklari turibdi.

2. Siz tabassum orqali ma’lumotni boshqalarga oson yetkaza olasiz. Tabassum orqali yetkaziladigan ma’lumotlar miyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Magnit rezonans tomografiya (MRT)ning aniqlashicha, tabassum bilan yetkaziladigan xabar miyaga turli ko‘rinishda ta’sir ko‘rsatar ekan. Tabassumning miqdoriga, samimiy yoki soxtaligiga qarab, uning miyaga ta’siri turlicha bo‘lar ekan.

3. Tabassum – noxush vaziyat tufayli hosil bo‘lgan o‘rtadagi tanglikni yumshatadi. Bu ishni pul qila olmasligi mumkin. Shuning uchun ham tabassum moldan muhimroq sanaladi.

4. Tabassum va shifo: ko‘plab shifokorlar tabassumning shifo topishga ta’siri borligini mulohaza qilib qoldilar. Shuning uchun ham ba’zi tadqiqotchilar “Tabibning tabassumi – muolajaning bir qismi hisoblanadi” deb baralla aytmoqdalar.

Demak, siz do‘stingizga yoki ayolingizga yoki biror insonga tabassum hadya etsangiz, go‘yoki unga (o‘ziga sezdirmasdan) tekin muolaja retseptini yuborayotgan bo‘lasiz. Bu ham katta hadyaning turlaridan biridir.

Shu va boshqa sabablarga ko‘ra tabassum hadya va sadaqaning turlaridan biri hisoblanadi.

Do‘stim! Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima uchun “Birodaringning yuziga tabassum ila boqishing sadaqadir” deganlarini endi tushungandirsiz?!
Nozimjon Iminjonov tarjima qildi

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 367
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 253
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar