“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:34
ЎЗO‘Z

Nafl namoz xonadonimizdagi baraka kalitidir!

30 мая, 20:20 11 176 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nafl namoz xonadonimizdagi baraka kalitidir! Albatta, har bir inson oxiratim nima bo‘larkan, degan shubhada yashaydi. Nima bo‘lganda ham, Allohning roziligini topish va jannatga kirish har bir mo‘min-musulmonning oliy maqsadi hisoblanadi. Bu esa yurt koriga yarab, savobli amallarni ko‘proq qilishga bor imkoniyatini sarflashni talab etadi. Shunday imkoniyatlardan biri – nafl namozlarning uyda o‘qilishligidir. Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “(Nafl) namozni uyingizda o‘qingiz. Albatta, kishining eng yaxshi namozi uyidagisidir. Faqat farz namoz bundan mustasno”, dedilar”. Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilgan.

Hadisdan ko‘rinib turibdiki, nafl namozlarni uyda o‘qishlik afzal ekan. Chunki bunda riyodan uzoq bo‘linadi, qabul aniq bo‘ladi, barakoti uyga uradi, shayton uydan qochadi. Ko‘pincha uyda baraka yo‘qligi haqida savollar bilan murojaat qilishadi. Ba’zilar esa uyimda shayton ko‘payib ketgan, deb “uy tozalovchilarga” murojaat qilishadi. Nima uchun insonlar Alloh taoloning payg‘ambari aytgan nasihatga quloq solmasdan, o‘z bilganlaridan qolmay folbinlarga yoki “uy tozalovchilarga” murojaat qilishadi?! Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi deganlaridek, ularga ham ancha-muncha xarajat qilinadi. Vaholanki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qanday xarajat talab qilmaydigan nasihatni aytib ketganlar. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Qachon biringiz masjiddagi namozni bitirsa, uyi uchun ham o‘z namozidan nasiba qilsin. Chunki, Alloh uning uyida namozi sababli yaxshilik qiladir”, dedilar”. Imom Muslim rivoyat qilgan. Ya’ni uyda o‘qilgan nafl namoz uy uchun xayr baraka hosil bo‘lishi, shaytonga esa nasiba qolmasligiga sabab bo‘lar ekan.

“Kichkina tabib” degan filmni ko‘pchilik ko‘rgan. Ana o‘sha yerda bemor qizning buvasi tabib boladan: “Nima uchun nevaram tuzalmayapti, ko‘rsatmagan shifokorlar qolmadi, hatto chet eldan ham doktorlar olib keldik?” – deb so‘raganda, u: “Uyingizda farishta yo‘q”, – deydi.

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Alloh zikr qilinadigan uy bilan, Alloh zikr qilinmaydigan uy misoli, xuddi tirik bilan o‘likning misoliga o‘xshaydi”, dedilar”. Imom Muslim rivoyat qilgan.

Demak, Allohning zikri uyni tirik holga keltiradi. Ma’naviy tirik odamning uyi ham tirik bo‘ladi. Kim uyida nafl namoz o‘qib turar ekan, uyining sharafi oshadi, qadri yuksaladi. Sajda qilingan har bir parcha yer qiyomatda sajda qiluvchi foydasiga guvohlik beradi. Shuning uchun ham har bir mo‘min-musulmon o‘z uyini namoz bilan, Allohning zikri bilan obod qilsa foydadan holi bo‘lmaydi.

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kishining o‘z uyidagi farz namozidan boshqa namozi mening ushbu masjidimdagi namozdan afzaldir”, dedilar”. Abu Dovud rivoyat qilgan.

Odatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlaridagi bir rakat namoz boshqa masjidlardagi ming rakat namozga teng bo‘ladi. Lekin shundoq bo‘lsa ham, birovning o‘z uyida o‘qigan nafl namozi Masjidi Nabaviyda o‘qiydigan namozidan afzal ekani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tomonidan tasdiqlanishi Alloh taoloning bandalariga bergan juda katta imkoniyati ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Manba: Hidoyat.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 123
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 295
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 148
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 333
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar