“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:58
ЎЗO‘Z

Tuyakash va faylasuf

11 мая, 13:23 5 647 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tuyakash va faylasuf Bir badaviy tuyasiga ikki qop yuklab, o‘zi ham ustiga minib, yo‘lga chiqibdi. Yo‘lda parishon bir faylasufni uchratibdi. Faylasuf hazil orasida badaviydan so‘rabdi:
— Tuyaning ustidagi qoplarda nima bor?

Badaviy:
— Birisida to‘la bug‘doy, birisida qum.
— Nega qum to‘ldirding?

Badaviy javob berdi:
— U qop bo‘sh qolmasin. Tuyaning ustida muvozanatni saqlasin deb.

Faylasuf badaviyga:
— Aqlingni ishlatib, bu bug‘doyning yarmini bu qopga, boshqa yarmini esa u tarafdagi qopga qo‘ysang, ham tuyaning yuki yengillashardi, ham qoplarning, debdi. Badaviyga bu fikr ma’qul tushibdi.

— To‘g‘ri, o‘ylamagan ekanman, — deb shunday qilibdi.

Turib-turib bu darajadagi aqlli odamga qiziqib qolibdi. Qanday qilib bu aqlli odam shunday parishon holda yuribdi ekan, deb o‘ylabdi. Qiziqishini yashirmay so‘rabdi:
— Ey aqlli odam, senda shuncha aql, shuncha fikr bor ekan, nega yayov yurib, o‘zingni charchatyapsan? Bu aqling bilan sen yo sultonsan, yo vazirsan. To‘g‘risini ayt, kimsan?

Faylasuf javob berdi:
— Ikkisi ham emasman, oddiy bir odamman.

Badaviy yana so‘radi:
— Qancha tuya, qancha ho‘kizing bor?
— Hech qancha.

— Yaxshi, do‘koningdagi mollar-chi? Undan gapir?
— Mening na do‘konim, na yerim, na yurtim bor. Men faylasufman.

— U holda qancha puling bor?
— Pul u yoqda tursin, hatto non olishga bir chaqam ham yo‘q. Yalang oyoq, boshpanasizman. Bu qadar hikmat va ilmdan faqat xayol va bosh og‘rig‘ini topdim.

Badaviyning bu gapdan jahli chiqibdi:

— Yo‘qol, ket, bu yerdan. Sening ilming, nasihating menga ham zarar keltiradi, boshimni og‘ritadi. Sen shu yo‘ldan ket, men bu yo‘ldan. Bir qopimda bug‘doy boshqasida qum bo‘lishi sening hikmatingdan, foydasiz va keraksiz falsafangdan yaxshiroqdir.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 212
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 322
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 174
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 365
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 252
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar