“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:56
ЎЗO‘Z

Qaysi qon guruhiga ega kishilarda jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumish xavfi yuqori?

02 мая, 22:20 6 089 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qaysi qon guruhiga ega kishilarda jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumish xavfi yuqori? Birinchi qon guruhiga ega kishilarda og‘ir jarohat natijasida hayotdan ko‘z yumish xavfi boshqa qon guruhiga ega kishilarga nisbatan deyarli uch baravar yuqori ekan. Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti shifoxonasi olimlari 901 nafar tez yordam bemorining ma’lumotlarini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Critical Care jurnalida taqdim etildi, deb yozadi Kun nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, og‘ir jarohat olgan bemorlar orasida birinchi qon guruhiga ega kishilarning hayotdan ko‘z yumish xavfi 28 foizga teng ekan. Boshqa guruhlarda esa bu ko‘rsatkich 11 foizga teng.

Tadqiqot mualliflaridan biri doktor Vataru Takayamuning so‘zlariga ko‘ra, qon guruhi va jarohatlar natijasidagi o‘lim holatlarining o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikka oid ishlar juda kam bo‘lgan. Bundan avval olimlar birinchi qon guruhiga ega kishilarda qon ivishi jarayoni yomon kechishi tufayli qon yo‘qotish xavfi yuqori ekanini aniqlashning uddasidan chiqishgandi. Bu ushbu qon guruhiga ega kishilarda Villebrand foni (qon plazmasi glikoproteini) omilining pastligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yangi tadqiqot mualliflari aynan shu sababli birinchi qon guruhiga ega kishilarda o‘lim xavfi yuqori ekanini taxmin qilishmoqda.

"Bizning tadqiqotimiz shuningdek og‘ir jarohat olgan birinchi qon guruhi eritrotsitlarini shoshilinch quyish gomeostaz (qon ketishini to‘xtatuvchi jarayon)ga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi va boshqa qon guruhidagilarga nisbatan qandaydir farq bor yoki yo‘qligiga oid savolni ham yuzaga keltiradi", - deydi Takayama.

Shuningdek u og‘ir jarohat olgan bemorlarni davolash uchun mukammal strategiyani rivojlantirish uchun bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni davom ettirish zaruratini qayd etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 220
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 327
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 371
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar