“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:50
ЎЗO‘Z

Bir insonga qattiq bog‘lanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

23 apr, 16:05 10 540 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir insonga qattiq bog‘lanib qolmaslik uchun nima qilish kerak? — Atrofimda menga yaqin bo‘lgan yoki yangi tanishgan insonlarga tez bog‘lanib qolaman. Masalan, biror odam bilan tanishib, do‘st yo dugona tutinsam, u bilan tez-tez gaplashgim kelaveradi. Xoh telefonda, xoh internet orqali bo‘lsin, hol-ahvol so‘rash bahonasida uni bezovta qilaveradigan odatim bor. Bu menga yoqadi. Lekin u qo‘ng‘iroqlarimga javob bermasa, asabiylashib ketaman, qaysarligim tutib qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilaveraman. Men xohlagan vaqtda u ham menga vaqt topishini istayman. O‘ylab qarasam, bu o‘zimni o‘zim qiynash ekan... Bu odatdan qanday qutulsam bo‘ladi yoki endi kechmi?
Aygul, 23 yosh, Nukus shahri

— Biror kimga bog‘lanib qolish tuyg‘usi bolalikdan shakllanadi. Dastlab yosh bola onasiga, buvisiga, otasiga yoki bobosiga, ya’ni kim ko‘proq mehr ko‘rsatgan bo‘lsa, shu insonga bog‘lanib qoladi. So‘ng bog‘chaga borganda bog‘cha opasiga, u yerdagi bolalarga bog‘lanib qoladi. Shu tariqa jamiyatga kirib kelib, atrofidagi ma’lum bir odamlarga bog‘lanib qolish tuyg‘usi davom etaveradi.

Bog‘lanib qolishning me’yorlari bo‘lishi kerak, ba’zida bu me’yor oshib ketadi. Bunga sabab, bolalikda yetarlicha mehr ko‘rmaslik, e’tiborda bo‘lmaslik, o‘z qobig‘iga o‘ralib qolishlikdan, kattalar tomonidan qo‘yilgan juda qattiq cheklovlar, kuchli nazorat ostida o‘sganlikdan, deyish mumkin. Ulg‘ayganda esa bola o‘zini erkin his qilolmay, o‘sha “ramka” ichida yashaydi va bog‘lanib qolgan insonlarini ham shu “ramka”ga solgisi keladi. Bolalikda to‘ymagan mehrni o‘sha bog‘lanib qolgan insonidan qidiradi. Shu mehrni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, uni qo‘yib yuborgisi kelmaydi.

E’tibor bersangiz, bunday insonlarning do‘stu dugonalari kam bo‘ladi, hamma bilan oson chiqishib ketolmaydi. Buni egoistik bog‘lanish deb atash mumkin. Bunda bog‘lanib qolgan insonning u bilan suhbat qilishga vaqti bormi-yo‘qmi, gaplashishni istaydimi-istamaydimi — bu qiziqtirmaydi.

Avvaliga u inson yaqin dugona yoki do‘st topganidan, u tez-tez hol-ahvol so‘rab turishidanxursand bo‘ladi. Lekin bu me’yoridan oshib boraversa, u sizdan uzoqlashishni, o‘zini olib qochishni boshlaydi.

Albatta, bog‘lanib qolgan insoningiz har yo‘qlaganingizda sizga “labbay” deyolmasa, siz istagan vaqtingizda yoningizda bo‘lolmasa va siz bundan agressiyaga tushsangiz, ortiqcha ruhiy zo‘riqish bo‘lsa, bu odatdan qutulishingiz shart! Aks holda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishda juda qiynalasiz. Bunda munosabatlar ham uzoqqa bormaydi. Siz ortiqcha zo‘riqishdan charchaysiz.

Bir odamga bog‘lanib qolishdan qutulish uchun nima qilish kerak?


Sog‘lom ko‘nikmalarni hosil qiling. Hech bir inson faqat sizga tegishli emas. U ham mustaqil, uning ham o‘z hayoti bor. Shuning uchun atrofingizdagi odamlarni, shu jumladan, bog‘lanib qolgan insoningizni boricha qabul qiling.
O‘zingizni turli yumushlar bilan band qiling. Bo‘sh vaqtingiz bormi, uni albatta, biror qiziqqan mashg‘ulot bilan o‘tkazing. Bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullangan odam har bir jabhada turli muhitni, turli odamlarni ko‘radi va bir odamga bog‘lanib qolmaydi.
Shuningdek, bog‘lanib qolish qarama-qarshi jins vakillari o‘rtasida ham bo‘ladi. Buni ular sevgi deb o‘ylashadi. Egoistik bog‘lanib qolish bilan sevgini qanday farqlash mumkin? Buni birgina misolda ko‘rib chiqamiz.

Siz sevgan insoningizning yutuq va muvaffaqiyatlaridan undanam ko‘p xursand bo‘lasizmi? Yoki uning yutuqlari sizni quvontirmaydimi, balki umuman qiziqtirmas? O‘sha yutuqlarga erishish uchun sarflagan vaqtini sizga bag‘ishlaganda yaxshi bo‘larmidi? Demak, endi xulosa qiling, siz uchun qay biri muhim?

Agar hamrohingizning muvaffaqiyatlari sizni ham quvontirsa, tuyg‘ularingiz sevgi ekanidan, agar aksincha bo‘lsa, egoistik bog‘lanib qolganligingizdan darak.

Bog‘lanib qolishning yana bir turi bor. Bu — ota-ona, bobo-buvi kabi insonlarga, ya’ni boshqaruvchiga bog‘lanib qolishdir. Bunda hayotingizni kimdir boshqarishi kerak. O‘z mas’uliyatlaringizni shu boshqaruvchiga topshirib qo‘yasiz. Sizga shunday yashash oson. Shunday toifa insonlarga aytar gapimiz shuki,yashayotgan hayotingiz, g‘alaba va mag‘lubiyatlaringiz, g‘am va shodliklaringiz faqat o‘zingizniki! Bog‘lanib qolgan insoningiz sizga bog‘lab qo‘yilmagan. Ertaga vaziyat o‘zgarib, ayriliq yuz berganda, bunga chidashingiz qiyin kechadi, qattiq tushkunlikka tushib qolishingiz mumkin.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 180
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar