“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:01
ЎЗO‘Z

Yosh ko‘rinay desangiz…

18 apr, 10:50 6 701 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yosh ko‘rinay desangiz… Chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish har bir ayolning orzusi va maqsadi. Biz ham doim yosh ko‘rinishga intilamiz, buning uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Lekin gohida oddiy xatolarga yo‘l qo‘yib, o‘zimiz bilmagan holda yoshimizga yosh qo‘shamiz. Quyida ushbu xatolar keltirilgan.

So‘nggi urfda kiyinish. Qad-qomat va tashqi ko‘rinishni, olinayotgan narsa yarashish yoki aksincha, yarashmasligini bilmay, ko‘r-ko‘rona so‘nggi urfdagi kiyim-kechaklarni xarid qilish sizga qimmatga tushishi mumkinligini bilasizmi? Dizaynerlar tavsiya qilgan kiyimlar hammaga yarashavermaydi. Shuning uchun kiyim xarid qilishdan avval modaga qarab emas, uning sizga yarashayotganligiga ishonch hosil qiling.

Juda uzun soch. Ko‘pchilik haddan ziyod uzun sochlar yoshni «qisqartiradi» deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri fikr! Aslida, uzun sochlar yoshni bilintirib qo‘yadi. To‘g‘ri tanlangan kalta soch turmagi esa, aksincha, yoshartiradi.

Haddan ziyod bo‘yalgan ko‘zlar. Yoshlikda 2-3 xil bo‘yoqlardan foydalanib bo‘yalgan ko‘zlar chiroyli ko‘rinadi, lekin yosh o‘tishi bilan bunday uslubda bo‘yalgan ko‘zlar ko‘z ostidagi ajinlarni «sotib» qo‘yadi. Shu sababdan yosh o‘tgan sayin ko‘z pardozi uchun neytral ranglardan foydalanish tavsiya etiladi.

Noto‘g‘ri o‘lchamli kiyimlar. Ba’zan ortiqcha vazn muammosiga uchragan ayollarning ayrimlari o‘zini xursand qilish uchun kichik o‘lchamli kiyim harid qilishsa, ayrimlari 2-3 marotaba o‘lchami katta «xaltasimon» ko‘ylaklar sotib olishadi. Har ikkala vaziyatda ham siz vazningiz hisobiga ancha katta ko‘rinasiz. O‘zingizga nisbatan tanqidchi bo‘lishga harakat qiling, doim to‘g‘ri o‘lchamdagi, o‘zingizga mos keladigan kiyimlar xarid qilishni o‘rganing.

To‘q rangli lab bo‘yog‘i. To‘g‘ri, to‘q rangli lab bo‘yoqlari hech qachon urfdan chiqmaydi, ammo yosh o‘tgan sayin bunday lab bo‘yoqlaridan iloji boricha kamroq foydalangan ma’qul. Chunki bunday lab bo‘yoqlari yuzni qo‘pollashtirib, qaritadi. Bundan tashqari, to‘qrang bo‘yoqlar lab atrofidagi ajinlarni bilintirib qo‘yishi ham mumkin.

Yoshlar kiyimi. Shu narsa yodingizda bo‘lsinki, yosh ko‘rinish uchun yosh qizlar kiyadigan kiyimlarni kiyish shart emas. Bunday kiyimlar tashqi ko‘rinishingizni yoshartirib ko‘rsatish o‘rniga, sizni noqulay axvolga solishi mumkin. Siz bunday tashqi ko‘rinish bilan kulgiga qolishingiz xech gap emas. Shunday ekan, yosh ko‘rinishga emas, yaxshi ko‘rinishga intilish maqsadga muvofiq. Doim tanlayotgan kiyim-kechak va taqinchoqlaringiz har tomonlama sizga yarashishiga ishonch hosil qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 167
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 128
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 157
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 347
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 237
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar