“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:32
ЎЗO‘Z

Miya faoliyatini oshiruvchi mahsulotlar

09 apr, 11:22 17 366 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Miya faoliyatini oshiruvchi mahsulotlar Nonushta qilayotganda, tushlik yoki kechki ovqatni yeyayotganimizda, tanovul qilayotgan mahsulotlarimiz foydalimi yoki yo‘qmi, deb o‘ylaymiz. Zero, uzoq yillar davomida miya yaxshi ishlashi uchun to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Ammo buning uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini bilish lozim. Quyida miya faoliyatini yaxshilash uchun unga foyda beradigan mahsulotlar haqida bilib olishingiz mumkin.

Kepakli donlardan tayyorlangan mahsulotlar
Kepakli donlardan tayyorlangan non, ungan bug‘doy va bo‘tqa iste’mol qiling. Bug‘doy, suli, arpa yormasidan tayyorlangan bo‘tqani. Bu mahsulotlarda miya faoliyatini yaxshilaydigan kletchatka va V guruhi vitaminlari bor.

Yong‘oq
Yong‘oq miya faoliyati uchun juda foydali. Ularda yog‘ kislotalari, foliy kislota, V1, V6, V9, V12, RR, K, S, Ye vitaminlari bor.

Kakao
Bu ichimlik miyaning qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Kakao tarkibidagi flavanol – antioksidant miya yaxshi ishlashiga yordam beradi.

Shokolad
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shokolad yeydigan yoki qora shokolad ichadigan odamlarning xotirasi boshqalarnikiga nisbatan yaxshiroq bo‘ladi. Shokolad tayyorlashda ishlatiladigan kakao donlarida teobromin mavjud bo‘lib, u asab tizimi uchun foydali.

Baliq
Baliqning yog‘li turlari xotirani yaxshilash va miyaning yaxshi ishlashi uchun juda foydali. Baliqda omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari, yod, brom, magniy, molibden, marganets, rux, V guruhi vitaminlari, RR, N bor. Bu vitaminlar va mikroelementlarning hammasi ijobiy ta’sirga ega: xotirani, qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlarni mustahkamlaydi.

Chernika
Chernika — juda foydali reza meva. U antioksidantlar, vitamin va minerallar, temir, mis, pantenol kislota, S, V1, V6, RR, A vitaminlariga boy. Chernika miya faoliyatini, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, tomir devorlarini mustahkamlaydi.

Olma
Olmada foydali moddalar, vitaminlar va minerallar ko‘p, ammo miya uchun olma iste’mol qilish shunisi bilan qadrliki, uning tarkibiy qismlari insultda uchraydigan qon quyilishini 2 barobar kamaytirishi mumkin.

Glyukoza
Miya uchun foydali, xotirani va aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan glyukozani reza mevalar va meva, tarvuz, qovun, malina, yertut, olxo‘ri, shaftolida topish mumkin. Bu mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling.

Zaytun moyi
Miya yaxshi ishlashi uchun zaytun moyi iste’mol qilish kerak, uni alohida mahsulot sifatida ham iste’mol qilish yoki salatlarga qo‘shish mumkin.

Tuxum
Tuxumda letsitin va V12 bor, bular miyaning normal ishlashiga yordam beradi.

Qahva
Agar odam qahvani me’yorida iste’mol qilsa, bu mahsulot Alsgeymer kasalligi rivojlanishining oldini oladi. Qahva iste’mol qilish tez qaror qabul qilish va tafakkurni tiniq saqlashga yordam beradi.

Miyaga, shuningdek, aqliy qobiliyatni yaxshilaydigan dofamin zarur. Taomnomangizga loviya, tovuq, kurka go‘shti, sut mahsulotlarini qo‘shing.

Miya yaxshi ishlashi uchun serotonin juda muhim. Xotira, o‘qish qobiliyati unga bog‘liq. U tufayli biz yaxshi uxlaymiz, ishtahamiz, kayfiyatimiz yaxshi. Serotonin gormoni banan, shokolad, pomidor, anjir kabi mahsulotlarda mavjud aminokislotalardagi triptofan tufayli hosil bo‘ladi.

Miya faoliyatiga foydali mahsulotlarni muntazam ravishda iste’mol qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar