“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:53
ЎЗO‘Z

Shokolad tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

06 apr, 15:50 12 004 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shokolad tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim? Shokolad ko‘pchiligimiz uchun sevimli shirinlik hisoblanadi. Shokoladlarning turi juda ko‘p. Ularni tanlashda nimalarga e’tibor berishimiz lozim?

Qaysi shokolad foydaliroq — achchiq, qoramtir yoki sutlimi?
Shokoladning bu turlari bir-biridan tarkibidagi kakao mahsulotlari miqdori bilan farq qiladi. Achchiq shokoladda ular 55 foiz, klassik shokoladda 35 dan 55 — 60 foizgacha, sutlida esa 35 foizdan kamroqni tashkil qiladi.

Oxirgisida shakar va sut ko‘proq (bu quruq sutli zardob yoki quruq sut bo‘lishi mumkin). Aynan shuning uchun tarkibida umuman sut bo‘lmagan achchiq shokolad ancha parhezliroq hisoblanadi.

Oq shokolad — bu haqiqatan ham shokoladmi?
Ha. Uning tarkibida, albatta, kakao-yog‘, ko‘proq sut bo‘lishi, lekin qirilgan kakao bo‘lmasligi kerak. Shuning hisobiga uning rangi oq bo‘ladi. Bundan tashqari, odatda, bunday shokoladning tarkibi shakar, «burbon» vanilini, letsitindan iborat bo‘ladi.

Shokoladni qanday saqlash kerak?
Uning uchun eng qulay harorat — 5 dan 18 darajagacha. Shuning uchun shokoladni muzxonada saqlashning keragi yo‘q.

Shunday bo‘lsa ham, agar siz sovuq shirinlikni xush ko‘rsangiz, uni sovutkichning kondensatlarsiz va yorug‘lik tegmaydigan bir burchagida saqlang. Aks holda shokoladning tashqi ko‘rinishi tez o‘zgaradi. U o‘z sifatini yo‘qotmaydi, lekin yuzasi oqish changsimon qatlam bilan qoplanadi.

Shokolad qanday o‘ralgan bo‘lishi kerak?
Albatta, folga yoki flou-pak — shokoladni zararlanish va quyosh yorug‘ligidan himoya qiluvchi maxsus plyonka bilan o‘ralgan bo‘lishi kerak. Uning ustidan esa — qog‘oz yoki karton bo‘lishi lozim.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 189
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 121
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 101
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar