“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:31
ЎЗO‘Z

Daholarga xos bo‘lgan 11 ta odat

31 mar, 07:32 4 971 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Daholarga xos bo‘lgan 11 ta odat Oddiy odamlar «daho» so‘zini eshitganda reallikdan yiroq bo‘lgan odamni tasavvur qilishadi. Ammo psixologlar daholarning g‘alati odatlari bo‘lganligi haqida ishontirishmoqda. Ehtimol ichingizdan ayrimlaringiz ushbu materialni o‘qib, o‘zingiz yoki yaqiningizda haqiqiy dahoni tanib olarsiz.

1. Qisqa uyqu
Shifokorlar bir kunda yetti-sakkiz soat uxlash kerakligini tavsiya etishsa ham daholar bu fikrga kamdan-kam amal qilishadi. Mashhur kashfiyotchi Nikola Tesla bir sutkada ikki soat uxlaganini, ba’zida esa 84 soatlab tinimsiz ishlaganini aytgan. Tarixchilar Leonardo da Vinchi har to‘rt soatda 20 daqiqadan uxlagani haqidagi ma’lumotlar bor.

2. Mushuklarga bo‘lgan muhabbat
Tarixdan ma’lum bo‘lishicha, yuqori intellektga ega ijodkor odamlar mushuklarning ishqibozi bo‘lishgan. Masalan, bu uy hayvonini Salvador Dali, Anri Matiss va Ernest Xeminguey sevgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mushuklarning egalari juda yuqori IQ va juda yaxshi bilimga ega bo‘lishadi.

3. Tartibsizlik
Genial odamlarning ustaxonalari va xonalari odatda tartibsiz bo‘ladi. Psixologlarning tadqiqotlari ivirsiq stol ijodiy fikrlashga olib kelishini isbotlagan. Masalan, Mark Tven ham mashhur ivirsiq bo‘lgan.

4. Tushunarsiz husnixat
Agar kimdir xusnixatingiz tushunarsizligi haqida aytsa buni maqtov deb qabul qiling. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, daho odamlarning xusnixatlari juda hunuk bo‘ladi, sababi ularning miyalari qo‘llaridan tezroq ishlaydi.

5. Atletik qomat
Sportchilar ikkita gapni qo‘shib gapirolmaydi degan fikr noto‘g‘ri. Aytaylik, Pifagor bokschi bo‘lgan. Bekorga Qadimiy Gretsiya juda ko‘plab faylasuflar makoni bo‘lgan emas. Greklar atletik qomat daholarning ko‘rinishi deb hisoblashgan.

6. Ertalabki qahva
Betxoven musiqa bo‘yicha daho bo‘lgan. U har kun ertalab roppa-rosa 60 ta qahva donasini bir finjon qahva uchun sanab solgan. Benjamin Franklin bo‘sh vaqtini qahva do‘konlarida o‘tkazgan, Balzak esa qahvaga bog‘lanib qolganligini asarlarida ham yozib qoldirgan.

7. Yolg‘izlikni sevish
Deyarli barcha daholar — introvertlardir, ularning ayrimlari esa ahamiyatli narsalar faqat yolg‘izlikda amalga oshishiga ishonishgan. Yozuvchi Jeyn Ostin uning oldiga kimdiri to‘satdan kirib qolmasligi uchun eshigiga g‘ichirlaydigan qulf osib qo‘ygan.

8. Uzoq sayrlar
Syoren Kerkegor va Charlz Dikkens kabi buyuk daholarga eng yaxshi g‘oyalar sayr paytida kelgan. Kerkegor sayrdan keyin g‘oyalarini yozib olish uchun uyga shoshgan. Betxoven sayr paytida doim yonida qalam va yon daftar olib yurgan. Chaykovskiy har kuni ikki soatdan sayr qilib, sayr qilmay qolsa kasal bo‘lib qolishiga ishongan.

9. Shaxsiy kundalik
Leonardo da Vinchi, Volfgang Amadey Motsart, Virjiniya Vulf va boshqa aksariyat iste’dodli odamlar o‘z fikrlarini yozib borishgan. Fransuz rassomi Ejen Delakrua o‘z kundaligi haqida shunday degan: «Uzoq tanaffusdan so‘ng men yana kundaligimni yuritishga kirishdim. Bu mening asablarimni tinchlantirishning birdan-bir yo‘li».

10. Musiqaga muhabbat
Leonardo da Vinchi bir yo‘la bir nechta asbobni chalishni bilgan va hatto o‘zining asbobini ham yaratgan. Galileyni esa musiqa turli falsafiy ishlarni yaratishga ilhomlantirgan.

11. Tabiatga muhabbat
Ralf Uoldo Emerson, Genri Devid Toro va Robert Frostlar tevarak atrofga katta muhabbat his qilishgan. Ularning ayrimlari eng yaxshi ishlarini yolg‘izlikda ochiq havoda yaratishgan.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 200
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 313
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 169
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 358
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar