“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:03
ЎЗO‘Z

Inson 150 yil umr ko‘rishi mumkin

21 mar, 07:31 10 277 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Inson 150 yil umr ko‘rishi mumkin Inson o‘rtacha necha yil yashashi mumkin, degan savol hammani qiziqtirsa kerak. Olimlar ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida shunday xulosaga keldilar: inson taxminan 150 yilgacha yashashi mumkin, deb yozadi "Zarnews" nashri.

Agar biz turli hayvonlarning qancha yashashini tekshirsak, ular orasidagi o‘ziga xos tafovutni ko‘ramiz. Erkinlikda yashaydigan hasharot, qurt-qumursqalar bir necha soat yashaydi, xolos. Fil 150-200 yil, ot 40 yil, burgut, oqqush, to‘ti 100 yilgacha, toshbaqa, timsoh 300 yilgacha yashar ekan. Hayvonlar singari o‘simliklarning ham yashash muddati turlicha. Masalan, tok 100 yil, dub daraxti 1000 yil, Afrikada o‘sadigan baobab, Avstraliyada o‘sadigan ekvalipt daraxtlari 5-6 ming yilcha yashashi aniqlangan.

Hayvonlar umri ularning o‘sish davriga qaraganda 5-8 marta ortiq bo‘ladi. Masalan, it 2 yil mobaynida o‘sadi, 10-15 yil yashaydi. Ot 5 yil o‘sadi, umri 30-40 yilga yetadi. Odam esa 25 yoshgacha o‘sadi. Demak, inson normal sharoitda 150 yilgacha yashashi mumkin. Shuning uchun ham ko‘pchilik olimlar kishilarning 100 yilga yetmasdan vafot etishini kasallik natijasida kelib chiqqan o‘lim deb hisoblashadi.

Lekin dunyoda uzoq umr ko‘rganlar ham anchagina. Aytishlaricha, marokashlik Said Ali 195 yoshida ham o‘zi mehnat qilib, kun ko‘rgan. Hatto unda ko‘zoynak taqishga extiyoj bo‘lmagan.

Vengriyalik Djon 172 yoshga, xotini Sera Rovel 164 yoshga kirib, 1925 yilda dunyodan o‘tishgan. Ular vafot etgan vaqtda ularning o‘g‘li 116 yoshda edi. Ozarbayjonning eng keksalaridan Sherali Muslimov 168 yil yashagan.

Kishining umri turli davrlarda har xil bo‘lgan. Masalan, ibtidoiy davrda odamlar 18 yil, bronza davrda 21,5, antik davrda 25, XIX asrda 35,6 va XX asr boshlarida 45 yil o‘rtacha umr ko‘rgan. Hozir o‘rtacha umr bizda 74 yosh deyilmoqda.

Xursandchilik, inson ruhining tetikligi, xushchaqchaqlik sog‘liqni saqlashga, uzoq umr ko‘rishga omildir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 208
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 134
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 318
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 173
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 361
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 251
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar