“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:08
ЎЗO‘Z

Qilgan ishi yomonlik bo‘lganlarga rizqning doimiy kelib turishi sababi nimada? (video)

07 mar, 17:50 6 483 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qilgan ishi yomonlik bo‘lganlarga rizqning doimiy kelib turishi sababi nimada? (video) Firibgarlik nima o‘zi? Inson qanday qilib o‘zi kabi bir insonni aldab, uning mulkini o‘zlashtirib oladi? Buning uchun, avvalo, biz ba’zi asosiy tushunchalar bilan tanishib olish kerak.

Alloh subhanahu va taolodan sodir bo‘ladigan narsalarga qudrat, sunnat, oyat deyiladi. Payg‘ambar alayhimussalomlarga Alloh taolo tomonidan berilgan va insonlarni hayratga soladigan ishlarga mo‘jiza deyiladi. Avliyolarning odamlarni hayratga soladigan ishlari karomat deyiladi, firibgarlarning ko‘z boylashlariga esa istidroj deyiladi. Har bir narsa o‘z ismi bilan nomlanishi adolatdir, har bir narsa o‘z o‘rniga qo‘yilishi adolatdir. Lekin bu mezon, bu nizom buzilsa, adolatsizlik bo‘ladi. Shuning uchun duch kelgan har bir narsani mo‘jiza deyish xatodir. Mo‘jiza payg‘ambarlarga berilgan. Payg‘ambar alayhissalomdan keyin qolgan yagona mo‘jiza Qur’oni Karimdir. Mana shu chinakam mo‘jizadir. Lekin keyingi paytlarda ko‘payib qolgan turli holatlar mo‘jiza emas. Masalan, bir qo‘zichoq yozuvga o‘xshash rang bilan tug‘ilsa, uni mo‘jiza deb, tug‘mayotgan xotinlarni atrofida aylantirmaymiz yoki bulutda Alloh degan shakl hosil bo‘lib qolsa, “Ana mo‘jiza!”, deb baqirmaymiz.

Xuddi shuningdek, firibgarlar biron g‘ayrioddiy ish ko‘rsatsa, buni istidroj deyish kerak. Istidroj so‘zining ko‘tarilish ma’nosi ham bor, pastlikka qarab chuqurlashish ma’nosi ham bor. Bunda firibgarlarga, ko‘z boylog‘ichu sehrgarlarga sehru, ko‘z boylash ishlarida, firib ishlarida mahorat yoki qobiliyat berilsa, uning do‘zaxdagi o‘rni chuqur ketishi ham tushuniladi. Nima uchun sehrgarning sehri ishlayveradi? Chunki u har safar sehr qilganida do‘zaxdagi o‘rnini mustahkamlayveradi, yanada chuqur ketaveradi. Dajjolga ham firib beriladi, u bir mo‘minni ikkiga bo‘lib, tiriltiradi, lekin ikkinchi marta bu ishni qila olmaydi, chunki unga bir marta – odamlarni aldashga imkon beriladi. Bu firib unga nima uchun berildi? Do‘zaxdagi o‘rnini chuqurroq qilish uchun.

Ba’zilar Alloh taoloning ayrim ishlariga norozi bo‘ladi. Masalan, zalolatda yurgan bir odam namoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi, kunu tun ichadi, qilgan ishi yomonlik, lekin ishi joyida, rizqi kelib turibdi, bu borada hech bir muammosi yo‘q. Namozxon, birovga ozor bermaydigan mo‘min-musulmonlarning esa boshi muammodan chiqmaydi, deb tilimiz aytmasa ham, nafsimiz e’tiroz bildirishi mumkin. Javob shuki, undaylarning holati – ibodat qilmasa ham, haromda yursa ham, ishi yurishaverishi – ularga bo‘lgan sinov muddatining cho‘zilishidir, do‘zaxdagi o‘rnining chuqurlashuvidir. Alloh taolo barchamizni bundan saqlasin.
Sayyid Rahmatulloh Termiziy


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 168
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 118
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 294
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 193
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 258
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 406
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar