“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:26
ЎЗO‘Z

Hayotingiz uchun muhim bo‘lgan 21 savol

05 mar, 16:30 6 068 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hayotingiz uchun muhim bo‘lgan 21 savol Maktabda o‘qiyotganimizda bizni javoblarimizga qarab baholashadi. Biroq hayotda o‘z-o‘zimizga to‘g‘ri savol bera olishimiz muhimroqdir. Volter ancha vaqt avval “Insonga javobiga emas, bergan savoliga qarab baho ber” deb ta’kidlagan edi.

O‘zingizga ko‘proq savol berishni o‘rganing va natijada hayotingiz qanday o‘zgarishini tomosha qiling. Inson hayotida muhim bo‘lgan 4 ta sohaning 21 ta savoliga e’tiboringizni qaratamiz.

1-soha. Hayotiy garmoniya
Bu yerdagi savollar faqat ijobiy va salbiy javoblarni talab etadi. Savollarga rostgo‘ylik bilan javob bering. Faqat “ha” yoki “yo‘q”.

Men baxtlimanmi?

Men minnatdormanmi?

Menga o‘z ishim yoqadimi?

Men o‘zimni yaxshi his qilayapmanmi?

O‘z-o‘zimni tarbiyalashim uchun yetarli vaqtim bormi?

Agar siz bu savollardan birortasiga “yo‘q” deb javob bergan bo‘lsangiz, ehtimol boshqa punktlar ustida ham ishlash kerak bo‘ladi.

2-soha. Ish
Inson har kuni ish uchun ko‘p vaqt sarflaydi. Shu bois o‘z ishidan qoniqish juda muhim sanaladi. Bu oylik maosh, ish joyi va mehnatning boshqa xususiyatlaridan ham muhim.

O‘zingizga doimiy ravishda quyidagi savollarni bering:

Men yangilik ustida ishlayapmanmi? Bu oldinga intilish uchun juda kerakli savol hisoblanadi.

Mening karyeram yuqoriga qarab ketmoqdami?

Ishim qanchalik muhim ahamiyatga ega?

Ish qobiliyatimni qanday qilib oshirsam bo‘ladi?

3- soha. Biznes
Agar siz tadbirkor bo‘lsangiz, o‘zingizga quyidagi savollarni bering:

Mijoz va xaridorlar yuzma-yuz keladigan eng muhim muammo nima? Eng asosiylaridan boshlang.

Mijozlar ko‘zi bilan qaraganda, mazkur muammolarning ideal yechimi nimada?

Biz mijozlarga mahsulotlar narxini oshirmay turib ko‘p narsa bera olamizmi? Agar javobingiz “ha” bo‘lsa, albatta shunday qiling.

Potensial mijozlarni qayerdan topsa bo‘ladi?

Xarajatlarni qanday qilib kamaytirish mumkin?

4-soha. Unumdorlik
Shu kunlarda men uchun eng muhimi nima?

Oldinga qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun avvalo nima qilish kerak?

Qanday vazifalarni bajarmasligim kerak? Muhim va kerak bo‘lmagan ishlar uchun vaqtingizni sarflamang.

Qanday vazifalarni bajarishni ortga surayapman?

Qanday savollarni hech qachon o‘zimga bermaganman?

Bir narsaga aslo shubhalanmang: boshqalarga yordam berish orqali hayotingiz mazmunga to‘ladi. Shu bois 21-savol quyidagicha:

Men bugun hech bo‘lmasa bir insonga yordam bera olamanmi?

Gap qahramonlikda emas, balki oddiy narsalardadir. Masalan, ota-onangizga qo‘ng‘iroq qiling, do‘stlaringizdan xabar oling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar