“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:23
ЎЗO‘Z

Muvaffaqiyat siri qayerda? O‘qib bo‘lgach sizning ham dunyoqarashingiz o‘zgaradi

02 mar, 21:50 7 150 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muvaffaqiyat siri qayerda? O‘qib bo‘lgach sizning ham dunyoqarashingiz o‘zgaradi Uning ishlari birdaniga orqaga ketdi. Kechagina qanday ish qilmasin, katta daromad ko‘rib yurgan tadbirkor edi. Endi esa qay ishga qo‘l urmasin, faqat qarzlari ko‘payyapti. Bir yoqda haqdorlar qarzlarini qistab qo‘yishmaydi. O‘zini to‘rt tomonga urgani bilan, natija yo‘q. Xuddi barcha najot yo‘llari berkilgandek…

Shunday o‘ylardan miyasi g‘ovlab, xiyobon chetidagi o‘rindiqqa og‘ir cho‘kdi. Lo‘qillab og‘riyotgan boshini eggancha yana iztirobli xayollarga berildi. Kimningdir nigohini his qilib, boshini ko‘targanida yonida bir qariyani ko‘rdi: “Juda g‘amgin ko‘rinasan. Boshingga qandaydir tashvish tushgani ahvolingdan ma’lum. Balki dardingni menga aytarsan…”

Negadir u hamma dardlarini shu qariyaga aytgisi keldi, aytdi ham. So‘zlarini bo‘lmay eshitib turgan qariya nihoyatda xotirjamlik bilan: “Senga yordam berishim mumkin”, dedi va yonidan chek daftarini chiqarib yozdi: “Bu pul senga. Roppa-rosa bir yildan keyin shu yerda ko‘rishamiz va qarzingni qaytarasan”. Shunday deya tezlik bilan ko‘zdan uzoqlashdi.

Qariya ketganidan keyin qo‘lidagi chekka qaragan qahramonimizning ko‘zlari yashnab ketdi – roppa-rosa 500 ming dollar. Imzo esa Jon Rokfellerga, ya’ni zamonasining eng boy odamiga tegishli! “Bu pul bilan hamma qarzlarimdan qutulishim mumkin”, deb o‘yladi u. Lekin negadir bu qimmatli chekni buzgisi kelmadi, avaylab seyfga soldi. O‘zida ishlashga oldingidan ham ko‘proq ishtiyoq tug‘ilganini his qildi va ayni g‘ayrat bilan ishga kirishdi. Katta-kichik demay barcha ishlarini yo‘lga qo‘ya boshladi, yangi rejalar tuzdi va shu asosda asta-sekin barchasi yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. Shu tarzda bir necha oy o‘tgach, qarzlaridan batamom xalos bo‘ldi, ishlari avvalgidan ham gurkirab ketdi…

Kelishilgan bir yil o‘tdi. U qo‘lida buzilmagan chek bilan tanish xiyobonga yo‘l oldi. Aytilgan soatda o‘zi tomon tez odimlar bilan kelayotgan qariyani ko‘rdi. Minnatdorchilik bilan chekni qaytarib, qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida hayajon bilan gap boshladi. Shu payt yonlariga yugurgancha bir hamshira keldi va qariyaning qo‘lidan tutdi:

– Topa olmaymanmi deb qo‘rqqandim, yaxshiki uzoqqa ketib qolmabsiz.

Keyin unga qaradi va xijolatomuz dedi: “Siz, albatta, uning yolg‘oniga ishonmagandirsiz. Bu janobga qariyalar uyidan qochib, shu xiyobonga kelish, ko‘ringan odamga o‘zini Jon Rokfeller deb tanishtirish shunchaki odatga aylanib qolgan…”

Qahramonimiz nima deyishini bilmay, uzoqlashib borayotgan qariya va hamshiraning ortidan hayron qarab qoldi. Demak, yil bo‘yi ishongan, ko‘nglini to‘ldirib, uni yangi cho‘qqilar sari yetaklagan 500 ming dollar asli yo‘q narsamidi? Lekin shu on erishgan yutuqlariga asos pul bo‘lmaganini his qildi. Uning hayotiga ta’sir qilga narsa, aslida, o‘zidan topgani – katta va mustahkam ISHONCH edi.

Demak, muvaffaqiyat siri seyfda emas, aqlimiz va yuragimizdagi ishonchda. Uni boshqa joydan qidirishga hojat yo‘q!

Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar