“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:53
ЎЗO‘Z

Erkak ichidagi eng yovuz dushman...

28 fev, 08:04 6 718 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkak ichidagi eng yovuz dushman... Muvaffaqiyat tashqi omillarga qarshi jismonan kurashish bilan hisoblashmaydi. Uning bosh g‘alabasi ichkarida, ong-shuurda o‘rnashib olgan shubha-gumon, ikkilanishga qarshi sodir bo‘lishi kerak. Boisi asossiz hislar muvaffaqiyatimizning bosh to‘sig‘idir.

“Hayotda «kar-ko‘r” bo‘lib, o‘ziga ishonib yashaganlargina g‘olib bo‘ladi.» – Mark Tven

Hayotda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun fe’l-atvorda ikki xususiyat bo‘y ko‘rsatishi kerak: mustaqil fikr va ishonch.

Gap shundaki, inson bilim va haqiqatlar chegarasi sari qancha yaqin borsa, boshqalarning fikri bilan hadeb o‘rtoqlashsa, uning muvaffaqiyatli bo‘lish imkoni shu qadar qisqarib boradi.

Hayot shunday yaratilgan – unda g‘oliblar kam, mag‘lublar esa bisyor. Buni raqobat deyish mumkin. Ammo ko‘rinib turgan voqealar, kimningdir bizdan o‘zib ketayotgani bizni mag‘lub deyish uchun asos emas. G‘oliblik – inson ruhiyatining tubida yotgan boylik.

Konkichi yoki chang‘i ustasining muvaffaqiyatsiz akrobatik namoyishi oddiy tomoshabin uchun sportchida mohirlikning yetishmasligi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ammo sportchi bilan uning mahorati haqida suhbatlashsangiz, u sizga muvaffaqiyatsiz yakun topgan harakat ham muvaffaqiyatlisi kabi zarur ekanligini ta’kidlaydi. Ular aslida omadsiz urinishlar sababli yuqori darajaga erishishgan.

Sportchilar harakati mobaynida ruhiy holat muvozanatini yo‘qotmasliklari uchun bir nechta omilga suyanadilar. Ulardan biri – o‘zining salomatligini himoya qilish, jonini omon saqlash. Har gal musobaqaga kirishayotgan sportchi jonini garovga qo‘yayotganini bilib turadi. G‘alaba uchun kurash bellashuv jarayonida hayot uchun kurashga aylanadi.

Inson ham ko‘pincha yangi maqsadga kirishganida ichki ishonchni oshirishga muhtoj. Ammo bu ishonch jonini himoya qilish uchun emas, o‘ziga bo‘lgan hurmatni oshirishga yo‘naltiriladi.

U yoki bu masalada rad etilsak, xulosa ikki xil bo‘ladi – kasbiy yoki shaxsiy jihatlarimiz yetarli emas (A), yoki biror osongina bahona to‘qish (B). Aksariyatimiz ikkinchi xulosani ma’qul ko‘ramiz. Misol uchun, “men kuylashni eplay olmadim” deyish o‘rniga “zalning akustik holati juda yomon ekan” deymiz. Chunki eng oson himoya orqali o‘zimizga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmaslikka harakat qilamiz.

Bir tomondan, inson hadeb o‘zini ayblash mexanizmini ishga solmasligi ham kerak. Aks holda, biz hattoki muvaffaqiyatsizlik bosqichiga ham yetib bora olmaymiz. “Bu yerda ishlash uchun yoshlik qilaman!”, “Ishsiz bo‘lganim uchun unga yoqmasligim aniq”, “U yerda mendan ham professionallar bor” kabi o‘y-fikrlar bizni g‘alaba uchun kurashga kirib ulgurmasimizdan mag‘lub qiladi.

Unutmang, erkakning omadi, erkakning taqdiri – u o‘zini eng yuqori darajaga munosib baholashiga bog‘liq.

Ko‘rinib turibdiki, biz kezi kelganda qanchalik “kar va ko‘r” bo‘lib, atrofga hadeb diqqat bilan nazar tashlash, odamlarning fikriga quloq tutish odatidan voz kechsak, ruhimiz shu qadar sog‘lom va o‘zimizga bo‘lgan ishonch shu qadar yuqori bo‘ladi.

Maktabda, kollej yoki universitetda a’lo baholarga o‘qigan, yuksak ishonch bildirilgan insonlarning bir qismigina kelajakda muvaffaqiyat qozona oladi. Boisi faqat mana shu – muvaffaqiyat qozongan kishilar o‘zini qadrlash sifatiga ega bo‘lishadi. Bu sifatning poydevori – ustozlar maqtovi, ota-ona ishonchi bo‘lib, u insonga o‘zini boshqalardan ajralib turadigan, favqulodda zukko va boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan darajada voyaga yetishida yordam beradi.

O‘zining qadriga yetgan inson ish, muhabbat va boshqa biror sinovda rad javobini olsa, tushkunlik girdobiga g‘arq bo‘lmaydi. Aslida bu rad javob uni muqarrar halokatdan asrab qolganiga ishonadi. Kelajakda inqirozga uchragandan ko‘ra, hozir kelajak uchun munosib bo‘lish imkonini qo‘lga kiritish muhimroq emasmi?

Mana shu – o‘z-o‘zini himoya qilish degani. Biz haqimizdagi kimningdir fikri, bizga berilgan baho – eng kuchli qurol bo‘lib, kelajagimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. O‘tmishdagi omadsizlik sizni ta’qib qilishiga yo‘l qo‘ymang.

O‘z qaroringni boshqalarnikidan muhimroq bilish muvaffaqiyatga erishishda ahamiyatli xislat.

Odam tabiatan tushkunlikka moyil bo‘ladi. Shu tufayli har kim bilan ham suhbatlashish maqsadga muvofiq emas.

Siz minoraga chiqishni orzu qilgan baqalar haqidagi matalni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Yuzlab baqalar orasidan bittasigina minoraga chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Boisi, u kar bo‘ladi va tomoshabin baqalar aytgan “chiqa olmaysan, sen baqasan, bu yer juda baland, qulab tushasan” kabi qichqiriqlarni u eshitmagan bo‘ladi.

Yoki, ilmning qayd etishicha, aerodinamika qoidalariga ko‘ra, ari uchmasligi kerak ekan. Ehtimol, u bundan bexabarligi uchun ham ucha olar. Shuning uchun ruhiyatimizga salbiy ta’sir qiluvchi gap-so‘zlardan o‘zimizni himoya qilishimiz kerak.

Imkoniyatga tavakkal qilib erishish mumkin. Tavakkal qilish lozim bo‘lgan vaziyat shubha-gumonga to‘la bo‘ladi. Shubha-gumon bu – siz. Istagingiz esa – ishonch. Istakning ustun bo‘lishi g‘alabaga erishishning 90 foizini ta’minlaydi. Ichki xohishning kuchi shubhani yengsa, so‘ng ishonch mustahkamlanadi.

Bugun – siz kecha tashvishlangan erta. Shuni yodda tuting. Ringga ko‘tarilayotgan bokschi mag‘lubiyat uchun jang qilmaydi. Suvga sakrayotgan sportchi bir zum to‘xtasa, hayotini boy berishini biladi. Qush ojiz bo‘lgani uchun ham unga qanot berilgan. Siz ham taqdir bilan har gal yuzlashayotganingizda uni jasurlik bilan qarshi oling. Muvaffaqiyat qozonish uchun muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyoj muvaffaqiyatsizlikka nisbatan qo‘rquvingizdan har lahza ustun bo‘lsin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar