“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:10
ЎЗO‘Z

Yaxshilikka yaxshilikmi yoki yomonlik?

21 fev, 10:00 6 376 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaxshilikka yaxshilikmi yoki yomonlik? — Yaqinda onamning uzoqroq qarindoshlari uyimizga mehmon bo‘lib kelishdi. To‘rt-besh kun biznikida turib, shahardagi tajribali shifokorlarga ko‘rinishdi, tibbiy tekshiruvlardan o‘tgach, qaytadigan bo‘lishdi. Kutilmaganda kechki payt er-xotinning allanimalar ustida tortishayotgani qulog‘imizga chalindi. Noqulay bo‘lsa-da, ular o‘tirgan xonaning eshigini taqillatib, ichkariga kirdim. Ammo gap nimadaligini eshitib, qotib qoldim. Ularning aytishicha, sumkalaridan pul yo‘qolganmish. Eri: “Biror joyga ishlatgandirsan, eslab ko‘r”, deya xotinini tinchlantirmasin, u, aksincha: “Mening esim joyida, pul mana shu yerda turgandi. Roppa-rosa 500 ming so‘m. Pulni atay uyda qoldirgandim. Kasalxonadagi ishlarimiz bitgach, shu pulga shahardan bozorlik qilib qaytmoqchi edim”, dedi yana tutaqib.

Ayol shunchalar beandishalik qilayotgandiki, og‘iz ochishimga-da, iloj yo‘q edi. Xullas, o‘zimni zo‘rg‘a bosdim va uyimdagi bor pulim — 500 ming so‘mni chiqarib, unga uzatdim-da, “Mana, oling, 500 ming so‘m. Endi darhol chiqib keting”, dedim. Eri xijolat bo‘lib: “Qo‘yavering, aka, xotin zotini bilasiz-ku. Qayergadir ishlatganmi, faqat esidan chiqargan. Siz o‘zingizga olmang, uzr”, dedi. Xotini esa to‘ng‘illay-to‘ng‘illay, narsalarini yig‘ishtira boshladi. Pulni stol ustiga qo‘yib, xonadan chiqib ketdim. To‘g‘risini aytsam, dilim juda og‘ridi. Men ularga uyimdan joy bersam-u, ular rahmat, deyish o‘rniga tuhmat qilsa?!

Ertalab turib qarasam, ular yo‘q. Kechasi ketdimi, kunduzimi, bilmayman. Stol ustidagi pulni ham olib ketishibdi…

Ancha vaqtgacha bu voqeadan siqilib yurdim. Keyinchalik hayot tashvishlari bilan o‘sha voqeani unutgandek bo‘ldim. Biroq bir kuni kechki payt begona kirakash uyimizga kelib: “Sizga omonatingizni olib keldim”, deya bir paket tashlab ketdi. Ochib qarasam, o‘sha o‘zim bergan 500 ming so‘m pul va bir enlik qog‘oz. Xatda: “Agar kechirolsangiz, xotinimni kechiring. U pulni boshqa sumkaga solgan ekan. Uyga kelgach, topildi. O‘zi olib borib, uzr so‘ramoqchi edi. Ming afsuski, kecha undan ayrilib qoldik. Uni kechiring va rozi bo‘ling”, deb yozilgan edi.

Xatni o‘qib, yelkamdan og‘ir yuk olib tashlangandek bo‘ldi, ammo o‘sha kungi voqeani yuragimdan chiqarib tashlolmadim. Eng yomoni, birovga yaxshilik qilishdan, ayniqsa, kimnidir uyga kiritishdan qo‘rqib qoldim.
Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 156
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 115
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 290
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 191
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 255
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 401
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar