“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:52
ЎЗO‘Z

Kimligingizni bilishni istaysizmi?

19 fev, 07:30 6 140 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kimligingizni bilishni istaysizmi? Kimligingizni bilishni istaysizmi? U holda quyidagi test-savollariga javob bering. To‘plagan ballaringiz Sizning qanday inson ekanligingizni aniqlab beradi.

1. Siz:
a) oilada yolg‘iz farzandsiz? (0);
b) opangiz yoki akangiz bor (1);
v) singil yoki ukangiz bor (2).

2. Ish kuningizni qanday tashkil etishni xohlardingiz?
a) kun bo‘yi ishxonada bo‘lishni ma’qul ko‘rasiz, chunki oy oxirida ishga o‘ralib qolishni istamaysiz (2);
b) hamma ishni uyda bajarib, ishxonangizga faqat maosh uchun kelasiz ());
v) rahbaringiz bilan kelishib, ish kuningizni shunga moslaysiz (1).

3. Turmush o‘rtog‘ingiz hamkasblari bilan bo‘ladigan ziyofatga Sizni ham olib bormoqchi. Siz:
a) ularda kuchli taassurot qoldirish niyatida yangi urf bo‘lgan ko‘ylakdan olib kiyasiz (2);
b) e’tibor tortmaslik uchun sipo kiyinasiz (1);
v) turmush o‘rtog‘ingizdan nima kiyishni so‘rab, maslahat qilasiz (0).

4. O‘zingizga kerakli narsalar sotib olish uchun do‘konga bordingiz. Sotuvchilar Sizning:
a) g‘ashingizga tegadi. Sizga yoqmaydigan narsalarni tavsiya qilib boshingizni qotiradi (0);
b) sotuvchi mahsulot haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligidan yuragingiz siqiladi (1);
v) sotuvchi Sizga narsa tanlashda yordamlashayotganidan xafa bo‘lasiz (2).

5. Dugonangiz (do‘sti- ngiz)nikiga mehmonga bor- dingiz. Ko‘cha sovuq, shamol. Ular yotib qolishingizni taklif qildi. Siz:
a) xursandchilik bilan rozi bo‘lasiz, chunki bu Sizga yoqadi (2);
b) rad javobini berib, ko‘chaga otlanasiz, sababi begona joyda tunolmaysiz (2);
v) transport masalasida qiyinchilik bo‘lsa, noqulaylik sezmay yotib qolasiz (1).

6. Dam olish kuningizni qanday tashkil qilasiz?
a) oilangiz davrasida bo‘lishni xohlaysiz. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarishga kirishasiz (2);
b) bolalaringiz ko‘ngliga qaraysiz. Ota-onangizdan xabar olasiz (1);
v) dam olish kuni haqiqiy dam olish kuniga aylansin. Turmush o‘rtog‘ingiz, bolalaringiz bilan kino, teatrga borishni ma’qul ko‘rasiz (0).

7. Qaysi obraz Sizga ko‘proq ma’qul?
a) “Choliqushi” asaridagi Feride (2);
b) “O‘tgan kunlar” romanidagi Kumushbibi (0);
v) unisi ham, bunisi ham (1);

Natijalar:

0-5 ball:
o‘z hayotingizni mustaqil qura olish va birovning yordamisiz “oftobga chiqish” salohiyati Sizda ustun. Zaifligingiz ijtimoiy muloqotdan bebahra va haddan ortiq ichimdagini topligingizda.

5-10 ball: o‘zingizga ishonasiz. Odamlar bilan muloqotga tez kirishasiz. Epchil va odamoxunsiz. Nafaqat, o‘z qulayligingiz haqida o‘ylaysiz, balki yoningizdagi insonga ham yaxshi bo‘lishi uchun harakat qilasiz. Aynan shu xislatingiz uchun hamkasb va do‘stlaringiz Sizni yaxshi ko‘rishadi.

10-20 ball: odamlar bilan yashay va ishlay olasiz. Siz hayot qaynagan joylarda bo‘lishni, hamisha Sizga ehtiyoj sezishini istaysiz. Zaif tomoningiz – ba’zan o‘z zararingizga bo‘lsa-da, hammaga yoqishga intilishda, boshqalar fikriga qaramligingizdadir.
YuLDUZOY tayyorladi.
test, Siz, bilish




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar