“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 18:28
ЎЗO‘Z

Peshonangiz tormi?

17 fev, 18:38 6 534 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peshonangiz tormi? Hind fiziognomistlarining aytishicha, peshona shakliga qarab, inson haqida tuzukkina ma’lumotga ega bo‘lish mumkin ekan.

Yuqoriga qarab kengaygan peshona
shaxsning zakovatlilik darajasi yuqoriligi va ma’nan boyligidan dalolat. Bunday kishilar ishga bo‘lgan munosabati va iqtidori bilan mehnat jamoasida katta hurmat qozonadi. Biroq rahbarlar bilan kamdan-kam hollarda yaxshi chiqishadi. Ekstremal holatlarda ham faqat o‘z kuchiga ishonadi. Ularni ko‘pchilik hurmat qilsa-da, do‘stlari oz. Bunday odamlar rostgo‘y, jahldor va ishonchli hamkor hisoblanadi. Ular adolatsizlikka jim qarab turolmaydi: ko‘pincha o‘zgalarning haq-huquqlari himoyachisiga aylanishlari ham mumkin.

Peshonasi yuqoriga qarab toraygan kishilarda zakovatlilik darajasi biroz pastligi kuzatiladi. Lekin qaysarlik va mehnatsevarlikda ularning oldiga tushadigani kam topiladi. Bunday kishilar jismoniy kuchiga ishongani bois, ko‘pincha sport bilan bog‘liq kasblarni tanlaydi. Ulardan kelajagi porloq og‘ir atletikachi, kurashchi yoki bokschi chiqishi mumkin. Bir joyda o‘tirib, aqliy mehnat bilan shug‘ullanish tor peshonali kishilar uchun emas.

Past va yapasqi peshona shaxsning tuzukkina zakovat sohibi ekanidan dalolat. Bundaylar biror ishni bajarishdan oldin barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olib, so‘ng uni uddalashning eng qulay usulini tanlaydi. Past va yapasqi manglayli odamlar bilan murosaga kelish oson. Ular jamoani birlashtira oladi va yaxshi boshqaradi.

Dumaloq va do‘ng peshona egalari fikrlash doirasi keng, aqlli, muloqot chog‘ida ustalik bilan o‘z fikrini o‘tkaza olish qobiliyati juda yuqori. Mehnat qilishni, yangi g‘oyalarni va yangiliklarni yoqtiradi. Ular moslashuvchan xarakterga ega bo‘lib, turli vaziyatlarga oson ko‘nikadi. Bunday kishilar doimiy izlanishda hayot kechiradi.
Manba: od-press.uz
Peshona, inson, shakl




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 208
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 264
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 181
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 389
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 428
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 0
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 16
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 37
  • O‘zbekistonda 20 may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 19 мая, 16:26 33
  • Tayson Fyuri: “Bu jangda men g‘alaba qozongandim. Usik atigi bir nechta raundni oldi” 19 мая, 16:05 38
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 100
  • Usik—Fyuri jangining statistikasi e’lon qilindi 19 мая, 15:14 63
  • Tojikistonda VI-VIII asrlarga oid qasr xarobalari topildi (foto) 19 мая, 14:44 79
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 61
  • BMT: Isroil hujumlari oqibatida 800 mingga yaqin falastinlik Rafahni tark etdi 19 мая, 13:23 33
  • Paralimpiya. Yoqutxon Xolbekova jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi 19 мая, 13:20 49
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 87
  • Bo‘limlar