“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:56
ЎЗO‘Z

Biz nega semiramiz?

15 fev, 07:30 10 105 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Biz nega semiramiz? Semirish odamning geni, ovqatlanish me’yori yoki turmush tarzi bilan bog‘liq jarayondir. Semirish bilan bog‘liq savollar ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Quyida semirish, odamning tanasida yog‘ yig‘ilishiga nimalar sabab bo‘lishi xususida fikr yuritamiz. Demak, semirish ko‘p jihatdan quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi.

KO‘P O‘TIRISh
Ko‘p vaqtni o‘tirib o‘tkazish, kam harakatlilik – semirishga olib keluvchi bir jihat. Agar sport bilan muntazam shug‘ullanmasangiz, asosiy faoliyatingizni o‘tirib, kam harakat bilan o‘tkazsangiz, bu semirishga olib kelishi mumkin.

Jismoniy faollik organizmga «kaloriyalarni yo‘qotish» uchun emas, balki, salomatlik uchun muhim omildir.

OVQATLANISh BILAN BOG‘LIQ ODATLAR

Ko‘pincha oilada shakllangan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar qomatga genetikaga qaraganda, ko‘proq ta’sir qiladi. Agar nonushtani shirinlikdan boshlab, kechqurun to‘yib ovqatlansangiz, so‘ng yana shirinlik yesangiz, semirishingiz tayin.

«Oilamizda hamma semiz» deyishning, oddiy ovqatlanish tartibini genetikaga bog‘lashning keragi yo‘q. Semirib ketmaslikda tanovul qilinadigan taomlarning soni va sifati jismoniy mashqlardan ko‘ra muhimroq ekanligini unutmang!

YoG‘LI TAOMLARDAN QO‘RQISh
Agar yog‘ teri ostida yig‘ilishiga sabab bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Tarkibida yog‘i ko‘p, ammo uglevodi kam parhezni tanlaganlar ozadi, yog‘dan voz kechib, uglevodlarni tanlaydiganlar esa – semiradi. Bundan tashqari, mahsulotlarni qaysi yog‘li va qancha miqdorda zararli, qaysilari yaxshiligini bilib olish kerak. Masalan, margarin va undagi trans-yog‘lar odatdagi sariyog‘dan zararliroq, zaytun moyi iste’moli esa semirtirmaydi. Ana shulardan kelib chiqib, ovqat iste’mol qilishga odatlaning.

YaNGLISh XULOSALAR
Ertalab tortning katta bo‘lagini yeb, «ertalabki kaloriyalar tezroq sarf bo‘lib, yog‘ga aylanmaydi» degan odam o‘zini aldagan bo‘ladi. Soat oltidan keyin ovqatlanmaslik va alohida-alohida ovqatlanish haqida ham shunday deyish mumkin.

Taomni qaysi vaqtda, nimadan keyin yeyish emas, nimani qancha yeyish ahamiyatliroq. Hammasi aynan nima tanovul qilganingizga bog‘liq. Istagan narsani yeb, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmay, ozdiruvchi «sehrli dori»ni ichib, semirmaslikka yoxud ozishga umid qiladiganlar qattiq adashishadi. Ozish uchun turli dori vositalari mavjud, biroq ularning hammasi ham kutilgan natijani bermaydi, qolaversa, ular ko‘p hollarda ma’lum darajada sog‘liqqa zarar keltiradi.

PARHEZGA IShONISh
Ozishni xohlovchilarning eng katta xatosi – parhez vositasida tezda ozishga umid qilish va keyin yana odatdagidek turmush tarziga qaytishga urinishlaridir. Ozish uchun odamlar och qolishga, holdan toyguncha yugurishga tayyor, lekin to‘g‘ri ovqatlanishga emas.

Agar ozishni, qomatingiz chiroyli bo‘lishini istasangiz, sizga parhez kerak emas, balki turmush tarzingizni o‘zgartirishingiz kerak.

Ozishga qaror qilgan ekansiz, eng avvalo, ovqatlanish bilan bog‘liq odatlaringizni va qanchalik faol hayot kechirishingizga alohida e’tibor qaratishingiz lozim.
Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 194
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 133
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 310
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 356
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 246
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar