“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:17
ЎЗO‘Z

Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 xil meva

12 fev, 01:39 5 819 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bel bilan do‘stlasha olmaydigan 9 xil meva Garchi bu mevalarda organizm uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar juda ko‘p bo‘lsa ham, ular qorinni chinakamiga damlatib yuborishi mumkin. Mevalar tarkibida shakar juda ko‘p, aynan esa gaz hosil bo‘lishi va damlashga sabab bo‘luvchi fruktoza va sorbitlar mavjud.

Shuningdek, ularda sizning belingizni toraytiruvchi kletchatkalar ko‘p, lekin boshida gaz hosil bo‘lishi natijasida qorin kattalashishiga sabab bo‘ladi.

Albatta, bu foydali mevalardan bunday «nojo‘ya samaralar» tufayli voz kechish kerak emas.

Olma

Antioksidantlar rezavor mevalardagiga qaraganda yashil olmalarda ko‘proq. Bu mevada ba’zi odamlarning hazm qilishi qiyin bo‘lgan fruktozalar ko‘p.

Agar siz bu muammo bilan shaxsan tanish bo‘lsangiz, yarimta olma bilan cheklaning va uni sekinroq chaynang. Bu organizmga olingan kletchatkani hazm qilish uchun biroz ko‘proq vaqt beradi.

Nok
Nok tarkibidagi «yomon» xolesterin miqdorini pasaytirish va to‘yish hissini kuchaytirish xususiyatiga ega eruvchan kletchatkalarning bir turi bo‘lgan pektin miqdori bo‘yicha sog‘lom parhezda faxrli o‘rinni egallaydi. Noklarda ham bir tomondan hazm qilish tizimiga yordam beruvchi, ikkinchi tomondan jiddiy damlashni keltirib chiqaruvchi unchalik ko‘p bo‘lmagan miqdorda sorbitlar bor.

Gilos, uzum, mango, ananas
Bu mevalarni nima umumiylashtirib turadi? Ko‘p miqdordagi shakar! Va ba’zan u ingichka ichakda to‘liq singib ketishga ulgura olmaydi. Yo‘g‘on ichakka tushgandan keyin, u sizni havo pufagi kabi shishirish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. Shakarning yo‘g‘on ichakka tushmasligining oldini olishning eng yaxshi yo‘li — bu mevalarni yaxshilab chaynash va kunlik me’yorini 1 stakandan oshirmaslik.

Quritilgan o‘rik, mayiz va olxo‘ri qoqi
Quruq mevalar metabolizmni kuchaytirishi mumkin, lekin shuningdek ular qorinni damlatishi ham mumkin. Buning sababi shundaki, quruq mevalardagi kletchatka va shakar konsentratsiyalangan holatda bo‘ladi va bu ayniqsa yo‘g‘on ichakdagi bakteriyalarga yoqib tushadi. Fermentlangan shakar va kletchatka yaxshi hazm bo‘lmaydi, gazlar hosil bo‘lishi va qorin damlashini keltirib chiqaradi.

Manba: daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar