“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:03
ЎЗO‘Z

Siz janjalkashmisiz?

08 fev, 10:50 4 889 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Siz janjalkashmisiz? Hayot yo‘li hech qachon bir tekis emasligini barchamiz bilamiz. Bugun vaqtimizni xushchaqchaqlikda o‘tkazsak, ertasiga nima bo‘ladiyu, kimdir asabimizni buzadi. Shunday lahzalarda nafaqat o‘zimiz, balki, yuragimiz, ko‘nglimiz katta sinovdan o‘tishini, afsuski, sezmaymiz. Agar o‘zingizning janjalkash, ko‘ngli tor yoki aksincha ekanligingizni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, umid qilamizki, quyidagi test sizga albatta ko‘mak beradi.

1. Tasavvur qiling, jamoat transportida janjal boshlanib qoldi. Siz:

a) janjalga aralashmaysiz (4 ball)
b) kim haq bo‘lsa, o‘shani himoya qilasiz (2 ball)
v) hamisha janjalga aralashasiz va oxirigacha o‘z fikringizni o‘tkazishga urinasiz (1 ball)

2. Majlisda boshliqlarni yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilasizmi?
a) yo‘q (4 ball)
b) ha, lekin shaxsiy munosabatdan kelib chiqib (2 ball)
v) hamisha tanqid qilaman (1 ball)

3. Boshlig‘ingiz ishda sizga ma’qul bo‘lmagan rejani o‘rtaga soldi. Siz o‘zingizga yoqqan rejani aytib ko‘rasizmi?
a) agar boshqalar ham meni qo‘llab-quvvatlasa, ha (4 ball)
b) ha, men o‘z rejamni oldinga suraman (2 ball)
v) yo‘q, tanqidim tufayli meni mukofotdan mahrum etishlaridan qo‘rqaman (1 ball)

4. Hamkasblaringiz, do‘stlaringiz bilan bahslashishni xush ko‘rasizmi?
a) agar arazlab qolmaydiganlari bo‘lsa, shu bahs bizning o‘zaro munosabatlarimizga ziyon yetkazib qo‘ymasa (4 ball)
b) ha, faqat muhim mavzularda (2 ball)
v) hamma bilan bahona topildi deguncha bahslasha ketaman (1 ball)

5. Navbatda turibsizu, kimdir navbatsiz oldinga o‘zini ursa, qanday yo‘l tutasiz?
a) undan kam joyim yo‘q. Men ham navbatning oldiga o‘tib ketaman (4 ball)
b) ensam qotadiyu, dardimni ichimga yutaman (2 ball)
v) o‘zimning noroziligimni ochiqchasiga aytaman (1 ball)

6. Ishxonada hamkasbingizning sinov rejasi muhokama qilinmoqda. Ko‘rayapsizki, yutuqlar bilan birga kamchiliklari ham bor. Bilasiz, sizning fikringiz hal qiluvchi. Qanday yo‘l tutasiz?
a) rejaning yaxshi — tomonlarini va kamchiliklarini aytib o‘taman (4 ball)
b) yaxshi taraflarini aytib, ishni davom ettirishni maslahat beraman (2 ball)
v) tanqid qilaman (1 ball)

7. Tasavvur qiling. Qaynonangiz qachon qarasa, sizga tejamkor bo‘lish haqida maslahat beraveradiyu, ammo o‘zi qimmatbaho buyumlar sotib olishdan bo‘shamaydi. Eng so‘nggi sotib olgan buyumi haqida sizning fikringizni bilmoqchi. Nima deysiz?
a) o‘ziga yoqqan bo‘lsa, bo‘ldida! Maqtayman (4 ball)
b) bu didimga to‘g‘ri kelmasligini aytaman (2 ball)
v) janjallashib qolishim mumkin (1 ball)

8. Chekayotgan o‘smirlarni ko‘rib qoldingiz. Qanday yo‘l tutasiz?
a) yomon, tarbiya ko‘rmagan bolalar dastidan kayfiyatimni buzib nima qilaman? (4 ball)
b) ularga tanbeh beraman (2 ball)
v) agar jamoat joyida shunday qilishsa, adablarini berib qo‘yaman (1 ball)

9. Restoranda ofitsiantning sizdan ko‘proq pul olib qo‘yganini sezib qolsangiz:
a) u holda ko‘ngildan chiqarib bermoqchi bo‘lgan pulni bermayman (4 ball)
b) yana qaytadan hisoblashini iltimos qilaman (2ball)
v) bu ayni janjal ko‘tarishga bahona bo‘lardi (1 ball)

10. Siz dam olish uyidasiz. Ma’mur o‘z vazifasini bajarish o‘rniga boshqa ishlar bilan band. Tozalik, taomnomalar bilan qiziqmaydi. Ensangizni qotiradimi?
a) ha, lekin arz qilgan bilan foydasi yo‘q (4 ball)
b) arz qilaman. U yaramasni jazolashsin, ishdan bo‘shatib yuborishsin (2 ball)
v) farrosh, ofitsiantkalarga aytib, alamimdan chiqaman (1 ball)

11. Siz o‘smir o‘g‘lingiz bilan bahslashib qoldingiz. Lekin u haq. Xatoyingizni tan olarmidingiz?
a) yo‘q (4 ball)
b) albatta tan olaman (2 ball)
v) agar xatoyimni tan olsam, otalik hurmatim qayoqda qoladi? (1 ball)

NATIJALAR:

30 dan 44 ballgacha. Siz janjalni yoqtirmaysiz. Eng murakkab vaziyatlardan ham osongina, silliqqina chiqib keta olasiz.

15 dan 29 ballgacha. Sizni janjalga suyagi yo‘q deb atashadiyu, ammo ishda, ko‘chada tanish-bilish, hamkasblar bilan munosabatingizga putur yetkazmaydigan darajada janjal qila bilishingizni ham tan olishadi va shuning uchun sizni hurmat qilishadi.

10 dan 14 ballgacha.
Siz qachon qarasa, janjalga bahona qidirib yashaysiz. Birovlarni tanqid qilishni xush ko‘rasiz. Nohaq bo‘lsangizda, o‘z fikringizda turaverasiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 189
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 121
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 101
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar