“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:57
ЎЗO‘Z

Hayotda qoqilmay desangiz…

06 fev, 21:40 6 844 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hayotda qoqilmay desangiz… Inson hayotidagi eng muhim narsalardan biri bu – hayotiy tajribadir. Tajriba esa yillar davomida shakllanadi. Shu bois ham yoshi ulug‘ insonlarning maslahatlari yosh avlod uchun ibrat sanaladi. Keksa avlod vakillari bilan hamsuhbat bo‘lsangiz, ularning har bir so‘zi hikmat, ibrat ekaniga o‘zingiz amin bo‘lasiz. Quyida yillar davomida shakllanib, avloddan, avlodga o‘tib kelayotgan ibratga aylangan ba’zi pand-nasihatlarni e’tiboringizga havola etamiz.Ularning ko‘pini eshitgan bo‘lsangiz-da, yana bir bor o‘qib chiqsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi. Zotan, ana shu pand-nasihatlar, ibratli gaplar hayotda qoqilmasligingizda, kezi kelganda, to‘g‘ri yo‘l tanlashingizda Sizga asqotishi aniq.

Hayot – bu ayni damdir. Ko‘pchilik kelajakdan g‘aroyib sovg‘alar kutadi. Aslida esa hayot ayni daqiqalarda kechayotganini unutmaslik kerak. Demak, yashayotgan lahzalaringizni munosib o‘tkazishni o‘rganing, hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi.

Qo‘rquv bilan yashamang. Biz qo‘rqadigan ko‘p narsalarning aksariyati hech qachon sodir bo‘lmasligi mumkin. Sodir bo‘lgan taqdirda ham biz o‘ylagan darajada yomon bo‘lmaydi.

Hayotda eng muhimi yaqin insonlaringiz yoningizda ekanini unutmang. Yaqinlaringizni hayotda hamisha birinchi o‘ringa qo‘ying. Ular sizning har qanday ishingizdan, sevimli mashg‘ulotingizdan ham muhimroqdir. Yaqinlaringizni qadrlang, ular sizning borlig‘ingizdir.

Buyum to‘plashga mukkangizdan ketmang. Vaqtingiz va pulingizni sarflayotgan buyumlar vaqti kelib umringizni qisqartiradi. Narsalaringiz qanchalik oz bo‘lsa, shunchalik erkin bo‘lasiz. Buyumlar olishga aql bilan pul sarflang.

Quvonchning qadriga yeting! Hayot qisqa va uning har lahzasidan zavq oling. Siz haqingizda boshqalar nima deb o‘ylashlari haqida boshingizni qotirmang. Hayotdan zavqlaning.

Xato qilishdan qo‘rqmang. Biz xatolardan qochishga urinamiz, aslida aynan xatolar bizni muvaffaqiyat sari yetaklaydi. Xato qilganingizda ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga, ularni takrorlamaslikka urining.

G‘azablanmang. G‘azabla-nish, asabiylashish oqibati uzoq davom etadi, sizni turli xastaliklarga giriftor qiladi. Shu bois har qanday holatda ham o‘z hissiyotingizni jilovlay biling.

Doimo yaxshilik qiling. Yaxshilik yo‘lingizni ochiq qiladi. Kichkinagina yaxshilik mo‘’jizalar yaratishga qodir ekanligini unutmang.

Jismoniy harakatdan to‘xtamang. Jismoniy harakatda bo‘lish yoki sport bilan shug‘ullanish doimiy hayot tarzingizga aylansin. Sport sizni jismonan, ruhan va ma’nan kuchli qiladi. Salomatligingizni ham mustahkamlaydi.

Har doim ham haq bo‘lavermaysiz. Biz doimo hamma narsani bilamiz, deb o‘ylaymiz. Lekin atrofimizda bizdan aqlliroq insonlar hamisha topiladi. Buni hech qachon unutmang.

Hayot maqsadsiz zerikarli bo‘ladi. Siz uchun nima muhimligini aniqlab oling va hayotingizni ana shu asosda quring, ko‘zlagan maqsadingiz sari dadil harakat qiling.

Siz atrofdagilarni nazorat qila olmaysiz. Biz doim atrofimizdagi odamlar o‘zlarini biz istagandek tutishlarini xohlaymiz. Ammo, aslida boshqalarni o‘zgartira olmaymiz. Har bir insonning o‘z shaxsiyati borligini unutmang va uni hurmat qiling.

Har qanday og‘ir vaziyatda ham tushkunlikka tushmang. Bilingki, Siz o‘zingiz o‘ylaganingizdan ko‘ra aqlliroq va kuchliroqsiz.

Minnatdorlik insonni baxtga olib boradi. Sizga yaxshilik qilganlarga minnatdorchilik bildirishni unutmang va doimo tinch o‘tayotgan kuningizga shukur qilib yashang.

Halollik xotirjamlikdir. Hayotingizda hamisha halol, to‘g‘riso‘z va adolatli bo‘ling.

O‘qish-o‘rganishdan aslo to‘xtamang. O‘qish miyani charxlaydi, ma’naviyatingizni yuksaltiradi, turli holatlarda to‘g‘ri xulosa chiqarishingiz uchun yetarli darajada bilimdon bo‘lishingizga zamin yaratadi.

O‘tmishdagi yomon xotiralar bugungi hayotingizni zaharlashiga yo‘l qo‘ymang.

Ishingizni a’lo darajada bajarishga harakat qiling. Hayotda biror narsaga erishish uchun, albatta, ter to‘kish kerak bo‘ladi.

Endi kech, deyish harakat qilmaslik uchun bahona xolos. Hech qachon kech bo‘lmaydi. Oldinga qo‘yilgan maqsadga har qanday yoshda ham erishish mumkin.

Biror so‘z aytishdan oldin, albatta, o‘ylang. Birovni xafa qiladigan gap aytishdan ehtiyot bo‘ling. Bu sizning hurmatingizni ziyoda qiladi.
Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar