“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:40
ЎЗO‘Z

Akaning baxti uchun singil kurashsa…

05 fev, 20:47 7 596 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Akaning baxti uchun singil kurashsa… Ota-onam bevaqt qazo qilgach, ukam ikkimizni tog‘amiz Mehribonlik uyiga topshirgan ekan. Ular bizdan tez-tez xabar olib turar, doimo yaxshi o‘qishimizni tayinlardi. Har safar bizga albatta kitoblar olib kelardi. Ukam ikkimiz shunday tog‘amiz borligidan suyunardik. Kitoblarimizni boshqa bolalar ham qo‘lma-qo‘l qilib, o‘qib chiqardi.

Yoshim ulg‘aygach, Mehribonlik uyi bilan xayrlashib, kollejda o‘qidim, so‘ng universitetni imtiyozli diplomga tugatdim. O‘z mutaxassisligim bo‘yicha nufuzli tashkilotda xizmat qila boshladim. Shu paytda Nilufar ismli qiz bilan tanishib qoldim. U bilan sirdosh dugona bo‘lib ketdik, muhimi, bir-birimizni so‘zsiz tushunardik. U Mehribonlik uyida tarbiyalanganim, hayotimdagi har bir voqeadan xabardor edi. O‘zi ham sirlarini ishonib aytar, menga yaqin insondek munosabatda bo‘lardi.

Bir kuni Nilufar “Sizdek kelinoyim bo‘lishini juda-juda xohlayman”, deb qoldi va meni akasiga kelin qilish niyatida ekanini aytdi. Yigit bilan tanishib, bir-birimizga ma’qul bo‘ldik. Sovchilar kelishdi, tog‘am to‘yga rozilik berdi.

Shu orada yigitning xolasi bo‘lg‘usi qaynanamga “Kelib-kelib yolg‘iz o‘g‘lingizga yetim qizni ravo ko‘rasizmi? Shu qizni kelin qilib avlodimizni isnodga qo‘yasiz-ku”, debdi.

Bir kuni Nilufar ishga xafa holda kirib keldi. Undan shu xabarni eshitib, badanimdan muzdek ter chiqib ketdi. Akasiga qo‘ng‘iroq qilsam, ko‘nglimni ko‘tarish o‘rniga, indamay turaverdi. Nilufar esa meni tinchlantirib, hammasi yaxshi bo‘lishini aytib ko‘nglimni ko‘tardi. Menga “Nega mening baxtim uchun aynan uylanadigan yigit emas, singlisi kurashishi, kerak?” degan o‘y tinchlik bermay qo‘ydi…

Bu gapdan xabar topgan tog‘am “Hozirdan gap-so‘z qilgan ayol to‘ydan keyin jiyanimning ko‘zini ochirmaydi” deb, to‘nini teskari kiyib oldi. Bu orada qaynanam kelib vaziyatni yumshatishga urindi, uzrini so‘radi. Ammo yigitdan na bir sas, na bir sado chiqdi. O‘z taqdiriga bunchalar befarq qarovchi inson bilan hayot yo‘llarimni bog‘lashni ham, o‘rtadagi rishtani uzishni ham bilmay qoldim.
Manba: tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 189
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 121
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 101
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar