“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:44
ЎЗO‘Z

“Sizni ko‘rsam, jinim qo‘ziydi…”

27 yanv, 09:03 6 000 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Sizni ko‘rsam, jinim qo‘ziydi…” To‘g‘ri, ular sevishib, Layli-Majnun bo‘lib turmush qurishmadi. Aslida qizning boshqa bir yigitga moyilligi bor edi. Yigit ham unga ko‘ngil qo‘ygandek tuyular edi. Lekin uning oilasi bu qizni kelin qilishni istamadi. Yigit ham ortiqcha qarshilik qilmay, ota-onasining tanloviga ko‘ndi. Qiz (Keling, uning ismini Gulnoza deya qolaylik) alam ustida birinchi kelgan sovchilarga “xo‘p” deb yubordi. Sherzod (Gulnozaning erini shunday atashar edi) ham rafiqasiga o‘z ota-onasining tanlovi bilan uylangan edi. Chunki u tabiatan qizlar bilan ko‘p sirlashib, sinashmagan, “Men qiz tanlashda xato qilib qo‘yishim mumkin”, deb uylanish borasidagi erku ixtiyorini oila boshliqlariga bergan yigit edi.

Turmushlarining avvalida bir-birlarini tushunadigandek, yaxshi yashab ketishadigandek edi. Hatto ota-ona ularni bir qizchalik bo‘lishgach, bo‘lak qilib qo‘yishdi. Hamma mojaro shundan keyin boshlandi. Sherzod ota-onasiga ham qarashar, chunki uylanadigan ukasi, uzatiladigan singlisi bor edi. Gulnozaga esa erining hadeb “otam, onam” deyaverishi yoqmas, u Sherzodning qiyofasida o‘zini tashlab ketgan sobiq yigitini ko‘ra boshladi. Va huda-behudaga janjal qo‘ziydigan odat chiqardi. Yengil-yelpi ovqat qilib, o‘zi tamaddi qilib olar, eri kelsa, qozon suvda bo‘lar… Goh: “Hayit, bayramda qimmatbaho sovg‘a qilmaysan…” deb, goh: “Falonchiga o‘xshab sayru sayohatlarga chiqarmaysan”, deya xarxasha qilardi. Qaysi erkakka bunaqa hayot yoqadi? Sherzod uydan bezib qoldi. Xotinining: “Sizni ko‘rsam, jinim qo‘ziydi”, degan gapi oxirgi tomchi bo‘ldi. Sherzod ishxonasidagi bir ayolga ilakishdi. Ayol beva, badavlat edi. Uning uyiga kirgan o‘g‘rilar xonadon sohibasiga qo‘shib, Sherzodni ham bir yoqli qilib ketishdi…

Uy, ota-onasi ikki yoshning baxti, osoyishtaligiga panoh qilib berilgan uy ularni asrab turardi. Gulnozaning nodonligi bilan uydan chetlatilgan Sherzod panohsiz qoldi… Birovning uyi uni himoya qila olmadi…
Qutlibeka RAHIMBOYeVA.

Manba: tasvir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 221
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 136
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 329
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 177
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 372
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 257
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar