“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:54
ЎЗO‘Z

Uzoq yashash va hamisha sog‘lom yurishingiz uchun 15 ta tavsiya...

25 yanv, 10:02 6 989 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uzoq yashash va hamisha sog‘lom yurishingiz uchun 15 ta tavsiya... Bugun telegramdagi «Tib va shifo» kanalida (@Tabobat_uz) “Qadimda yashab o‘tgan donishmandlardan biri uzoq umr ko‘rish va hamisha sog‘lom bo‘lish omillari sifatida quyidagi o‘n beshta tavsiyani beradi” degan xabar chiqdi va bu 15 ta ko‘rsatmaga imkon qadar sharh yozishni maqsad qildim. Demak boshladik:

1. Yuzni ko‘proq uqalang
Yuzning barcha nuqtalarini har kuni uqalab turish kerak. Avvalo yuzimizda ichki a’zolar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan biologik faol nuqtalar mavjud. Ularning massaj qilinishi unga aloqador a’zo faoliyatini rag‘batlantiradi. Masalan, ikki qosh o‘rtasidan bir oz yuqoriroqdagi nuqta, burun katakchalarining ikki pastki burchagidagi chuqurchalar, pastki labning o‘rta ost qismidagi chuqurchada ana shunday faol nuqtalar mavjud.

2. Sochni muntazam tarab turing
Sochni muntazam tarab turish orqali uning sog‘ligi, tozaligi ta’minlanadi, bosh terisini shu bahonada uqalab, teri tagida qon aylanishning yaxshilanishiga ham sabab bo‘lamiz.

3. Ko‘zlar muttasil harakatda bo‘lsin
Harakat qilib turgan odam sog‘lom bo‘lganidek, ko‘zlarning muntazam harakatiyam ular sog‘ligi uchun juda muhim. Harakat deganda yon-atrofga konsentratsiya bilan qarash va doim hushyorlik bilan yuqori-past, o‘ng va chapga qarab turishga aytiladi. Doim harakatda bo‘lgan ko‘zning ko‘rish qobiliyati (zreniya) umuman pasaymaydi, shu sababdan ham umri davomida haydovchilik qilib yurgan kasb egalarining ko‘zi o‘tkirligicha qoladi. Haydovchilar har soniyada atrofga qarab ishlashga majbur.

4. Quloqlar doimo hushyor tursin
Ko‘zlar singari quloqlar ham hushyor tursa diqqat bilan eshitish bilan birga, o‘zini “badantarbiya” qilib oladi. Hushyorlikni yo‘qotgan odam sekin-sekin charchab qolgani kabi, quloqlar ham o‘z funksiyasini yo‘qota boshlaydi.

5. Yuqori va past qatordagi tishlar doimo bir-biriga tegib tursin
Tishlarimizning bir-biriga tegib turishi natijasida ularning ildizi, milklar, jag‘ suyaklari mustahkam bo‘ladi, ya’ni doimiy mashq qiladi. Shu bilan birga, og‘iz bo‘shlig‘ining ta’m sezish xususiyati ortadi.

6. Og‘izni hamma vaqt yopib yuring
Yoshligimizda og‘zingni yopib tur, chivin kiradi, deb bekorga tanbeh berib turishmagan bo‘lsa kerak, og‘izni yopib yurish uni bir tarafdan tashqi changlardan saqlasa, ikkinchi tomondan sovuq paytlari sovuqdan asraydi. Yana bir muhim jihati shundaki, og‘zi yopiq odam burnidan nafas oladi va burun havoni tozalovchi filtr vazifasini bajaradi.

7. Og‘izda hamisha so‘lak bo‘lishi shart
Xudo hech bir narsani organizmimiz uchun besabab berib qo‘ymagan, shu jumladan so‘lakni ham. So‘lak juda ko‘p vazifalarni bajaradi. Og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos antibiotik vazifasini bajaradi, luqma bilan aralashib, ovqat hazm bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Bilganim shu.

8. Yengil nafas olishga o‘rganing
Yengil nafas olish. Albatta, sog‘lom odam yengil nafas oladi, yengil nafas olish natijasida odam organizmi kislorodga to‘yadi. Balki qadimda donishmandlarimiz bu bilan kamroq ovqatlaning, to‘yib ovqatlangan odam yengil nafas ololmaydi va bu katta zararli odat, deb ishora qilgandir.

9. Yurakni osoyishta saqlang
Yurakni osoyishta saqlash, deganda avvalo uni ham ruhan, ham jismonan toza saqlashni tushundim. Inson qalbining osoyishtaligi yuragimizning sokin va bir maromda urishiga xizmat qiladi.

10. Ongli ravishda harakat boshlang
Har bir ishni ongli ravishda qilish, ovqatlanish, kiyinish, o‘tirib-turish, badantarbiya va hokazolarni ong bilan boshqarib turish nazarda tutilgan bo‘lsa ajabmas.

11. Yelkani to‘g‘ri tuting
Yelkani to‘g‘ri tutganda umurtqa tikka turadi va umurtqa oralari bilan o‘tgan barcha a’zolarni tutashtirib turadigan asab tolalari sog‘lom “kontakt” berib, barcha a’zolarimiz to‘g‘ri ishlaydi. Yana shuni aytish kerakki, bu tikka, chiroyli yurishimiz va to‘g‘ri nafas olishimizniyam ta’minlaydi.

12. Qorinni tez-tez silab turing
Hozirgi shifokorlar ham qorinni uqalab turishni ko‘p aytishadi, albatta qorin ichidagi barcha ovqat-hazm qilish sistemasi yaxshi ishlasagina biz sog‘lom bo‘lamiz. Uni uqalash va silash orqali qon aylanish, hazm jarayoni yaxshilanadi, ichki a’zolar o‘z joyida mustahkam turadi va ortiqcha yog‘lar to‘planib qolishining oldi olinadi.

13. Ko‘krak ichkariga botgan bo‘lsin
Ko‘krak ichkariga botgan bo‘lsin, degan joyini tushunmadim to‘g‘risi (ehtimol tarjimon nimanidir nazardan chetda qoldirgan yoki qaysidir so‘zni boshqacharoq talqin qilgandir).

14. Qisqa va ravon so‘zlang
Bu toifadagi odamlar doim ishni ko‘p, gapni kam qiladi. Qisqa va ravon deyilganda fikr-mulohazalarni, ko‘rsatma, maslahatlarni o‘ylab, eng asosiy mag‘zini sodda, aniq va lo‘nda qilib ifodalash nazarda tutilgan bo‘lsa kerak.

15. Terida muntazam namlikni saqlang
Albatta, bekorga Yer sharining 70 foizidan ortig‘i suvdan iborat emas, bu asosan har doim tahoratda, toza-ozoda yuvinib yurishni anglatadi. Toza odam har doim infeksiyalardan yiroqda va sog‘lom yuradi. Yana bir jihat shundaki, suv odamning ichki a’zolariga shifo bo‘lganidek, terisiga ham davo. Teri quruq bo‘lib ketmasligi kerak, bu biror kasallikni keltirib chiqarishi yoki ayni uning alomati bo‘lishi mumkin. Suv bilan teri sog‘lom yuradi, men issiq havolarda yuzimni yuvib imkon bo‘lsa sochiq bilan artmaslikka harakat qilaman.

Xulosa
Quloq, ko‘z, tish kabi ko‘pchiligimiz e’tibor bermaydigan a’zolarimizni ishlatishimizda yoki diqqat markaziga olishimiz yoxud qo‘limizni tekkizganimizdayam u a’zolardagi barcha hujayralar va tirik organizmlar faolligi ortadi, shu harakat va ishlash har kuni, har doim kuzatilsa, o‘sha a’zolarimiz umrimiz davomida sog‘lom bo‘ladi.

Manba: usmonov.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 214
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 135
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 325
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 176
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 368
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 255
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar