“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:24
ЎЗO‘Z

Mol va qo‘y go‘shti nimasi bilan xavfli...?

24 yanv, 22:40 22 193 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mol va qo‘y go‘shti nimasi bilan xavfli...? Go‘shtni ko‘p iste’mol qiluvchilar o‘z sog‘lig‘iga ziyon yetkazishi mumkin ekan. Nima uchun deysizmi? "Layfxaker" go‘shtning zarari haqidagi ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.

Go‘sht saraton rivoji xavfini oshiradi
Inson uchun eng xavfli go‘sht - bu sut emizuvchilarning, masalan, mol va qo‘y go‘shti hisoblanadi. Ko‘p tadqiqotlarga ko‘ra, inson qancha ko‘p qizil go‘sht iste’mol qilsa, saratonning ba’zi turlari (masalan, ichak, oshqozon osti bezi va prostata saratoni) rivoji ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi.

Qayta ishlangan go‘sht (tuzlangan, dudlangan, konservalangan) undan-da xavfli. Har 50 g qayta ishlangan go‘sht ichaklar saratoni rivojini 18 foizga oshiradi.

Agar go‘sht uzoq yoki yuqori haroratda tayyorlansa (tovada qovurilsa), kasallik orttirish imkoni yanada yuqori bo‘ladi. Bunday qayta ishlash jarayonida mahsulotda ko‘krak bezi, prostata, jigar, teri, o‘pka va boshqa organlar saratoni rivojiga olib keluvchi zararli moddalar hosil bo‘ladi.

Yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi
Go‘shtda transyog‘lar — yurak-qon tomir kasalliklariga olib keluvchi xavfli yog‘lar mavjud. Yog‘li go‘sht qovurilsa, uning yurakka ziyoni yanada kuchayadi. Qizil go‘sht iste’molini kuniga 70 g'gacha kamaytirilsa, salomatlikka zarar qilmaydi.

Go‘sht diabetni keltirib chiqarishi mumkin
Birinchi turdagi diabetning oldini olishning deyarli iloji yo‘q, lekin ikkinchi turdagi diabet rivoji ehtimolini pasaytirish mumkin. Vegetarianlar muntazam ravishda qizil go‘sht iste’mol qiluvchilarga nisbatan bu kasallikdan ikki karra kam aziyat chekishadi.

Buyraklar uchun ziyon
Diabet va yuqori qon bosimi buyrak yetishmovchiligiga ko‘p sabab bo‘ladi. Biroq go‘shtni haddan ziyod ko‘p iste’mol qilish ham shunga olib kelishi mumkin, deya ishonch bildirishmoqda olimlar. Shunday bo‘lsa-da, sut va tuxum kabi mahsulotlarda bunday ta’sir kuzatilmaydi.

Ichak kasalliklariga sabab bo‘ladi
Qizil go‘sht divertikulit, ya’ni ichak shamollashi rivojiga ham o‘z "hissasi"ni qo‘shadi. Go‘shtxo‘rlarda diverkulit yuzaga kelish xavfi boshqalarga nisbatan 58 foizga yuqori bo‘ladi.

Go‘sht zararini qanday kamaytirish mumkin?

Me’yorida ovqatlanish
Qo‘rqib ketdingizmi? Vegetarianlar qatoriga qo‘shilishga shoshilmang. Ularning taomnomasi ham kamchiliklardan xoli emas. Agar haftasiga 500 g'dan ortiq bo‘lmagan tayyorlangan qizil go‘sht iste’mol qilinsa, saraton va boshqa kasalliklar rivoji xavfi u qadar oshmaydi.

Go‘shtning muayyan turlarini tanlang
Temir moddasi kamroq bo‘lsa-da, vaqti-vaqti bilan parranda go‘shti va baliq iste’mol qilish ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar qizil go‘sht yeyilsa, imkon qadar yog‘i kamrog‘ini iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir: bu ko‘pincha ikkinchi turdagi diabetni keltirib chiqaruvchi yurak xuruji va ortiqcha vazn xavfini kamaytiradi.

To‘g‘ri tayyorlang
Go‘shtni pechda pishirish, qaynatish yoki bug‘da tayyorlashga harakat qiling. Shunda u ko‘proq vitaminlarni o‘zida saqlab qoladi va zararli moddalar hosil bo‘lishiga olib kelmaydi.

Go‘sht mahsulotlaridan voz keching
Kolbasa, bekon, sosiskalar haqida mutlaqo unutganingiz yaxshi. Ularning deyarli hech qanday foydasi yo‘q, boz ustiga, bu mahsulotlarning hatto kichik porsiyalari ham saraton xavfini oshiradi. Gap shundaki, go‘shtni qayta ishlash jarayonida unda kanserogenlar, ya’ni hujayralarga ziyon yetkazadigan moddalar hosil bo‘ladi. Aynan shu narsa o‘simtalarning hosil bo‘lishiga olib keladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 278
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 189
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 250
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar