“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:39
ЎЗO‘Z

"Yaxshi ayol"ning yaxshi sifatlari...

21 yanv, 18:31 16 152 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Yaxshi ayol"ning yaxshi sifatlari... Yaxshi ayol munosabatlarga nuqta qo‘yadigan yo‘lga yurmaydi. Omonat deb emas Qiyomatga qadar deb boshlaydi munosabatlarini.
Yaxshi ayol sevganini qalbida pinhon qizg‘onadi. Bir joyga yuborsa ko‘rkam bo‘lsin, yaxshi ko‘rinsin deydilar. Ishonadilar yaqin insoniga.

Sevganining ust-boshini to‘g‘rilab qo‘yishdan zavqlanadilar. Yaxshi ayollar jur’atli bo‘ladilar. Yaxshi ayolning hayotiga erkak osonlikcha kirib kelolmaydi. “Kut” deganni qabrigacha kutadi yaxshi ayol. Ketgan uchun kuyinmaydi. Ochiq-oshkora diydiyo qilmaydi. Yaxshi ayol har doim go‘zal ko‘rinishni istaydi. Kimlardir uchun emas, o‘zi uchun ham bunga ahamiyat beradi. Boshqalarga husnini ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, o‘zini yaxshi ko‘rish uchun yaxshi ayolga go‘zallik kerak. O‘rni kelsa ona bo‘ladi, o‘rni bilan do‘st bo‘ladi. Yaxshi ayol muammolardan qochmaydi.

Hamma narsani o‘rni bilan iziga tushiradilar. Yaxshi ayollar juda mag‘rur bo‘ladi.
Darvoqe’, o‘ziga munosib muomalani ko‘rmasa hech narsa bo‘lmaganday davom etmaydi yaxshi ayol. Yaxshi ayol kimlarningdir xohish-istagiga mos bo‘lishni istamaydi.

Atrofdagilaridan o‘zini boricha qabul qilinishini xohlaydi. Yaxshi ayol sevmasa “sevaman” demaydi. Erkaklar yaxshi ayollarni uncha xushlamaydilar. Chunki oson bo‘ysindirolmaydilar yaxshi ayolni. Yaxshi ayoldan voz kechgan erkak yo‘qotadi. Yaxshi ayol esa yelkasidagi g‘uborni qoqib tashlagandek hayot yo‘lida davom etadi. U shunday yaralgan. G‘amxo‘r. E’tiborli. Mehribon. Bolalikdan ONA bo‘lib tug‘iladi yaxshi ayol. Kuchli bo‘ladi u. Illo biror erkak yaxshi ayolni mavh etsa bu uning o‘g‘li bo‘ladi...
Manba: Erk.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 189
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 121
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 101
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar