“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:10
ЎЗO‘Z

Ayol kishi bilan bo‘lgan har qanday muammoni 5 daqiqada hal qilish usuli

20 yanv, 13:27 6 703 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayol kishi bilan bo‘lgan har qanday muammoni 5 daqiqada hal qilish usuli Yaqinda “Ash-sharq al-avsat” gazetasi taniqli shayx Oiz Al-Qarniyning oiladagi mojarolarni hal etishga bag‘ishlangan maqolasini nashr qildi.

Shayx Oiz Al-Qarniyni biz bestseller bo‘lgan, hozirda dunyoning o‘ttizdan ortiq tiliga tarjima qilingan hamda umumiy tiraji 10 mln. nusxaga yetgan “O‘kinma!” nomli kitobi orqali yaxshi bilamiz. Kitobni uch marta o‘qib chiqqan Saudiya Arabistonining avvalgi shahzodasi, hozirda esa qiroli bo‘lgan Salmon ibn Abdulaziz ham mutolaadan ta’sirlanib, o‘z hayratini yashira olmagan. Bu kitobni qamoqxonada hayotining oxirgi kunlarini o‘tkazgan Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn ham o‘qigan.

Shayx musulmon auditoriyasi bilan uchrashuv chog‘ida o‘zi kashf qilgan “Ayol kishi bilan bo‘lgan har qanday muammoni besh minutda hal qilishning o‘ziga xos usuli” mohiyati haqida aytib bergan.
- Nafaqat Eynshteyn yoki Nyuton ulkan ixtirolarga qodir. Sharq ham ko‘pgina ishlarni uddasidan chiqa oladi, - deydi u tabassum bilan.
Eynshteyn, masalan, nisbiylik nazariyasini kashf qilgan. Men ham o‘ziga xos kashfiyot yaratdim, bu haqda “Ash-sharq al-avsat” gazetasida yozdim va u Internet tarmog‘ida keng tarqaldi. U “Oilaviy hayotning mo‘’jizaviy vositasi” deb nomlanadi. Undan foydalanish – baxtiyor oila hayoti garovidir. Ko‘pchilik bu vositadan foydalandi va uning natijasidan juda ham mamnun bo‘lmoqda.

Demak, usulning mohiyati nimada...

Agar ayolingiz bilan janjallashib qolsangiz, unga javob qaytarmaslikka harakat qiling, unga baqirib gapirmang yoki tahdid qilmang! Unga: Ey xotin, sen nohaqsan, kabi so‘zlarni so‘zlamang. Ayol kishi “ichi”ni bo‘shatib olishi lozim, bu ishni unga qo‘yib bering! Lekin bu ishni unga umuman e’tibor qilmay yoki televizordan ko‘zni uzmay qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Unga taslim bo‘ling!... (Zalda kulgi eshitiladi). Itoat bilan boshingizni egib, uning so‘zlarini eshiting! Har qanday holatda ham javob qaytarmang: Siz haq yoki nohaq bo‘lsangiz ham.

Ayting: Albatta, Sen haqsan! Men Yaratgandan istig‘for so‘rayman (zalda kulgi va qarsaklar). Senga va’da beraman-ki, bu boshqa qaytarilmaydi. Sendan Alloh uchun meni kechirishingni so‘rayman. Men xato qildim – shayton meni yo‘ldan adashtirdi. Lekin tavba eshiklari ochiq. Va’da beraman, boshqa bunday qilmayman”.

Ayol kishi doim hissiyotli, uni hislari boshqaradi. Va albatta, u erkak kishidan rahmdilroq. Ayol o‘zi kasal bo‘lsa ham, xasta yaqinlariga g‘amxo‘rlik qiladi. Ayol o‘z bolasini qornida ko‘tarib yuradi, uni ko‘kragi bilan emizadi. U eriga qalb xotirjamligi va iliqlik beradi. Unga xizmat va g‘amxo‘rlik qiladi.

Shuning uchun ayolingiz oldida taslim bo‘ling va hatto u bilan bu borada bahslashmang ham!

Manba: Muslima.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 187
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 308
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 161
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 350
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar