“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

Geyts o‘z biznesini bugun boshlaganida qaysi sohani tanlagan bo‘lardi?

06 yanv, 10:00 5 785 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Geyts o‘z biznesini bugun boshlaganida qaysi sohani tanlagan bo‘lardi? Microsoft hammuassisi Bill Geyts LinkedIn'ga bergan intervyusida kelgusida mehnat bozorida eng talabgor bo‘lishi kutilayotgan bilimlarni sanab o‘tdi. "Men asosiy ilmiy bilimlar, matematik ko‘nikmalar va iqtisodiy bilimlar kelgusida turli sohalarda talabgor bo‘ladi, deb o‘ylayman", deya ta’kidladi milliarder.

Shuningdek u kod bilan yozishni bilish zarur emasligini qo‘shimcha qildi. Ishlab chiqaruvchilar qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini anglashning o‘zi yetarli. "Ushbu uch sohada ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kishi har qanday korxonada ishlay oladi", - deya ta’kidladi Geyts.

Iqtisodiyot, muhandislik va ilm-fan — bilimlar asosi, deb hisoblaydi milliarder. U o‘zining Twitter mikroblogida hatto kelgusida mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lganlarga yanada aniq maslahatlar ham beradi. Geyts sun’iy intellekt, biologiya fanlari yoki energetika sohalarida karera qurishni tavsiya qiladi. "Agar bugun ish boshlagan bo‘lganimda, aynan shularning birini tanlagan bo‘lardim", - deydi u.

Bill va Melinda Geytslar fondi shu sohalarning kamida ikkitasining rivoji bilan shug‘ullanadi — biologiya fanlari va energetika. Tashkilot sof energetika sohasidagi startaplarga sarmoya kiritadi. Noyabr oyida fond bir vaqtning o‘zida ham energiya ishlab chiqaruvchi, ham suvni tozalovchi NEWgenerator qurilmasining ishlanishi uchun 1,14 million dollar ajratdi, 2016 yilda esa o‘zining barcha aksiyalarini BP neft-gaz kompaniyasiga sotdi. Shu bilan birga, biologik bilimlar ham Geytslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Fond poliomiyelit va malyariya bilan kurashishga pul ajratmoqda hamda vaksinalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga tarqatmoqda.

Ta’lim — Bill Geyts qiziqishlarining yana bir ob’ekti. Kuz oylarida u davlat maktablariga 1,7 milliard dollar kiritdi — pullar ta’limga yangicha yondashuvlar va ta’lim tizimi rivojiga safarbar etiladi. Bundan avval Bill va Melinda Geyts fondi Common Core milliy ta’lim standarti rivojiga 3,4 milliard dollar sarflagan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 177
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 130
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 159
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 349
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 239
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar