“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:11
ЎЗO‘Z

Kulgi ulashganga ming tanga...

13 dek, 10:24 9 026 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kulgi ulashganga ming tanga... Besh yashar bolakay buvisidan so‘radi:
— Buvijon, o‘zingiz mustaqil ovqat yeya olmaysizmi?
— Voy, nega unday deyapsan? Bu gapni qayerdan olding?
— O‘tgan gal biznikiga kelganingizda, dadam «Yana qaynonam keldi, tag‘in bir hafta uni boqarkanman-da», degandi.
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Xotinim jonga tegdi. Egovlagani egovlagan! Nima qilishniyam bilmay qoldim.
— Menga o‘xshab yo‘l tut, qulog‘ing tinchiydi-qoladi.
— Sening yo‘ling qanaqa?
— Xotinim baqirsa bir marta arzirli javob qaytaraman, vassalom! Shu zahoti chakagi o‘chadi.
— Qanaqa javob bo‘ldi u?
— Mana, masalan, yaqinda u «Nega oshxonadagi idishlar yuvilmabdi?», deb baqirgandi, men «O‘chir chakagingni! Men hali pollarni yuvib bo‘lganim yo‘q!», dedim.
* * *
Rossiya armiyasi. Ayollar kazarmasi. Polkovnik kazarmaga kirib kelayotib serjantni to‘xtatdi va so‘radi:
— Serjant Ivanova, nega polkovnikka chest bermadingiz?
— Kechirasiz, men allaqachon general Chumakovga chest berib bo‘lganman.
* * *
— Do‘xtir, mening kasallik varaqamdagi tashhis degan joyga «NXB» deb yozib qo‘yibsiz. Bu nima degani?
— Umi? «Nimaligini Xudo biladi» degani.
* * *
Erkak avtohalokatga uchrab, quloqlari uzilib tushdi. Kunlarning birida plastik jarroh qabuliga keldi-da, dedi:
— Avariya bo‘lganimda ikkala qulog‘im ham uzilib tushgan. Iltimos, menga yangi quloq o‘rnating!
— Bizda erkaklar qulog‘i yo‘q. Faqat ayollarniki bor.
— Baribir, o‘rnatavering!
Jarroh erkakka ikkita quloq o‘rnatib kuzatib qo‘ydi. Ikki haftadan keyin ko‘rsatishga kelgandi, jarroh undan so‘radi:
— Xo‘sh, yangi quloqlar qanday eshityapti?
— Eshitishiga gap yo‘q, do‘xtir! Ammo gapirayotgan odam nima demoqchiligini anglay olmay halak bo‘lyapman.
* * *
Ota beshinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘lidan so‘radi:
— Bolam, «ikki» baholaringni qachon tuzatasan-a?
— Dada, o‘zim ham har kuni harakat qilyapman. Lekin muallimimiz sinf jurnalini nuqul yonida olib yuradigan bo‘lgan!
* * *
2- sinfda o‘qiydigan bolaning onasi shu sinfda o‘qiydigan boshqa bolaning onasidan so‘radi:
— Siz matematikadan uy vazifasini bajardingizmi?
— Ha, bajarib bo‘lganman.
— Iltimos, mengayam berib turing, ko‘chirib olay!
* * *
Er xotinidan so‘radi:
— Nega mening ko‘ylagim haliyam yuvilmabdi?
— O‘sha ko‘ylak savilni o‘zingiz yuvib qo‘ysangizam kamayib qolmasdingiz.
— Iye, bu nima deganing? Kir yuvish ayollarning ishi!
— Hecham-da! Bu dunyoda ayol va erkakning huquqi teng. Iltimos qilardimki, men bilan xuddi shuni hisobga olgan holda gaplashsangiz!
— Shunaqami? Bo‘pti, sen aytgandek gaplashaman! Xotin, qani, yur!
— Qayoqqa?
— Do‘kondan pianino opkeldim. Ikkinchi qavatga opchiqishvorasan!
* * *
Erkak do‘stiga maqtanyapti.
— Mening qizim mashhur fotomodelga aylandi.
— O‘, zo‘r-ku! Hozir qayerda qizing?
— Dubayda. Paranjini reklama qilyapti!
* * *
Er ishdan kelib ichkariga qadam qo‘yishi bilan xotini dedi:
— Dadasi, men bugun sizni judayam baxtli qilaman!
— Rostdanmi? Rahmat senga, azizam! Ammo bilib qo‘y, men seni so‘nggi nafasimgacha judayam sog‘inib yashayman!

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar