Inson bir umr hayotdan saboq olib yashaydi. Lekin hayot saboqlari dars jadvaliga qarab berilmaydi. Afsuski, ba’zi saboqlarni juda kechikib olamiz. Shulardan eng muhimlarini sanab o‘tamiz.
1. Sog‘liq hamma narsadan muhimYoshlikdan sog‘liqni ehtiyot qilish qarilikda o‘zini yaxshi his qilishning asosidir. Lekin, yoshlikda sog‘liqning qadrini bilmaymiz.
2. Qulay fursatni kutish kerak emasKeyingi haftadan yoki keyingi oyning birinchi kunidan yangi hayot boshlayman, deb reja tuzgunimizcha hayotimiz o‘tib ketganini sezmay qolamiz.
3. To‘liq baxtni izlamangHayot faqat oq va qora yo‘laklardan iborat emas, ular orasida har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘plab kul rang yo‘laklar ham bor.
4. Deyarli hamma narsaning chorasi borKo‘pincha tuzatib bo‘lmaydigan voqea ro‘y berdi, deb o‘ylaymiz. Aslida unday emas. Hayajonimiz bosilib, vaziyatga aql bilan yondasha boshlasak, yana hammasi yaxshi bo‘ladi.
5. Hamma savollarga javob topishimiz shart emasBa’zi savollarimizga javob izlamasdan ham hayotdan zavqlanib yashasak bo‘ladi.
6. Bundan yaxshiroq bo‘lmasligi ham mumkin ediHayotimizda bo‘lib o‘tgan biror voqeani eslab, agar shunday yo‘l tutmaganimda, hayotim bundan ko‘ra yaxshiroq bo‘lardi, deb o‘ylaymiz ko‘pincha. Lekin buning anig‘ini hech kim bilmaydi.
7. Harakat — qo‘rquvning davosiXato qilishdan qo‘rqib imkoniyatni boy bergandan ko‘ra, xato qilib bo‘lsa ham harakat qilgan yaxshi.
8. Yolg‘izlikning ham yaxshi tomonlari borYolg‘izlik o‘zlikni anglashga yordam beradi.
9. Muammosiz hayot bo‘lmaydiMuammoning sababi har xil bo‘lishi mumkin, lekin uning yechimini topish sizning vazifangizdir.
10. Sabrli bo‘lish kerakHayotda ko‘p narsalarga darrov erishib bo‘lmaydi, buning uchun sabr va tirishqoqlik bilan qilinadigan mehnat kerak bo‘ladi.
11. Boriga shukur qilish kerakInson hayoti omonat va g‘animatdir, shuning uchun o‘zingizda bor narsalarning qadriga yeting va shukur qiling.
12. Ishni zerikarli deb o‘ylamangKo‘pchilik uchun ish juda ham zerikarli yoki qiyin narsa bo‘lib tuyuladi. Ishga qobiliyatlarimiz va talantlarimizni yuzaga chiqarishga yordam beradigan imkoniyat deb qarash kerak.
13. Hayotning har bir daqiqasidan bahra olish kerakShiddat bilan emas, biroz to‘xtab, mayda narsalardan ham zavq olib yashash kerak.
14. Baxt faqat moddiy narsalarda emasUlarsiz ham o‘zingizni baxtli his qilsangiz bo‘ladi.
15. Odamlarni tushunishga harakat qilish kerakYomon fe’l-atvorning tagida boshdan o‘tkazilgan baxtsizlik yoki og‘ir bolalik yotgan bo‘lishi mumkin.
16. Muvaffaqiyatsizliklar ham ahamiyatlidirChunki ular insonning chidamli, sabrli, jasur bo‘lishiga yordam beradi.
17. O‘zini yaxshi ko‘rish xudbinlik hisoblanmaydiO‘zingizga eng yaqin do‘stingizga bo‘lgandek munosabatda bo‘ling.
18. Har ehtimolga qarshi, «B» reja ham bo‘lishi kerakUzoqni ko‘ra bilish, muvozanatni topa bilish muvaffaqiyatsizliklar ehtimolini kamaytiradi.
19. Dunyo shafqatsiz emasKo‘p narsa aslida bizning dunyoga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liq.
20. Umr qisqa15 yoshimizda hayot hali juda oldinda deb o‘ylaymiz, 30 yoshimizda esa hamma narsaga ulgurish mumkindek bo‘lib tuyuladi, yoshimiz 60 ga yetgandagina hayotning juda qisqaligini anglab yetamiz.
Manba: Daryo.uz