“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 09:58
ЎЗO‘Z

Yuz terisi sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya

29 noya, 07:31 6 568 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuz terisi sog‘lom bo‘lishi uchun 5 ta tavsiya Ba’zilar kremlardan foydalanishi, muntazam ravishda kosmetologga qatnashiga qaramay, yuz terisi silliq emasligi va gul-gul yonib turmasligidan shikoyat qiladi. Biroq mutaxassislar fikricha, bu oddiy ovqatlanish qoidalariga bog‘liq.

Birinchi tavsiya: ko‘proq suv iching

Toza suv teri go‘zalligi va salomatligini saqlashda alohida rol o‘ynaydi: aynan u teri hujayralariga kislorod va oziq moddalarni yetkazadi. Suyuqlik yetarli bo‘lmasa, organizmning tabiiy detoksikatsiya jarayoni izdan chiqadi, ichaklar mikroflorasi o‘zgaradi, qabziyat yuzaga keladi. Oqibatda teri quruq va xira bo‘lib, barvaqt ajinlar tushadi.

Moddalar almashinuvi jarayonini ta’minlash uchun ayol kishi kuniga o‘rtacha 1,5 litr suv ichishi lozim. Teri sog‘lom va tarang bo‘lishi uchun miqdorni yana 0,5 litrga ko‘paytirish kerak. Agar sport bilan shug‘ullansangiz, yana kamida qo‘shimcha 1—2 stakan suv ichish zarur.

Ikkinchi tavsiya: oddiy ozuqalarni iste’mol qiling

Nimanidir yeyish-yemaslikka ikkilanib turgan bo‘lsangiz, uning tarkibini o‘qib chiqing. U qanchalik qisqa bo‘lsa, yuz teringiz uchun shuncha yaxshi. Tarkibida ko‘p masalliqlar bo‘lgan, murakkab tarzda tayyorlangan, achchiq, sho‘r, shirali taomlardan uzoq yurish zarur.

Uchinchi tavsiya: sabzavotlar bilan do‘stlashing

Teri salomatligi va go‘zalligi uchun yangi uzilgan ko‘katlar, sabzavot va salatlar yeyish muhimdir. Ko‘kat — vitamin, foydali kletchatka, zarur ferment va fitonsidlarning noyob manbasi. Har safar ovqat yeganda sabzavotlar bo‘lishi juda zarur, zero aynan ular dukkaklilar, yog‘siz go‘sht, tovuq go‘shti, baliq va 2 litr toza suv bilan qo‘shib iste’mol qilinganida organizmning tabiiy detoksikatsiyasini qayta tiklashga yordam beradi. Natijada teri tozalanadi va gul-gul yashnaydi.

To‘rtinchi tavsiya: ratsioningizga baliqni kiriting

Teri salomatligi, va umuman butun organizm uchun eng zarur bo‘lgan narsa — aminokislotalardan tarkib topgan oqsildir.

Minerallar, vitaminlar va yog‘li to‘yingan kislotalar miqdori bo‘yicha baliq parranda go‘shtini ham ortda qoldiradi. Dengiz mahsulotlarida ma’lum bir aminokislotalar mavjud, ulardan biri gistidin bo‘lib, u terining yuqori qatlamlarida namlikni saqlab qolishda ishtirok etadi.

Beshinchi tavsiya: zararli yeguliklardan darhol va butunlay voz keching

Makaron, oq guruch, oq non, shakar va shirali gazlangan ichimliklar insulin ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, natijada qondagi qand miqdori oshadi. Bu esa o‘z navbatida teridagi teshikchalar bekilib qolib, yog‘ bezlari ishi tezlashishiga olib keladi. Qovurilgan, dudlangan, yog‘li, konservalangan mahsulotlar va albatta fastfuddan voz kechish tavsiya etiladi.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 93
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 232
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 142
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 341
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 0
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 1
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 2
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Bo‘limlar