“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:09
ЎЗO‘Z

O‘z qadringni bil!

19 noya, 10:40 12 617 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘z qadringni bil! Bir kuni Ustozning yoniga bir yigit keldi va dedi:
— O‘zimni hech narsaga yaramaydigan, bir chaqaga qimmat odamdek his qilyapman, yashagim ham kelmay qoldi. Meni hamma omadsiz, ovsar deydi. Iltimos, Ustoz, menga yordam bering!

Ustoz yigitga bir nigoh tashladi va shoshib javob qaytardi:
— Kechir, hozir judayam bandman, senga yordam berolmayman. Juda muhim ishim bor, — u bir oz o‘ylab, gapida davom etdi: — Lekin menga yordam bersang, men ham senga yordam beraman.

— Jonim bilan, Ustoz, — dedi yigit, ichida yana o‘zini kamsitishayotganini o‘ylab.
— Yaxshi, — dedi Ustoz va chap jimjilog‘idagi qizil toshli uzugini yechib oldi.

— Otga mingin-da, bozorga bor. Qarzimni berishim uchun mana shu uzukni sotishim kerak. Uni qimmatga sotishga harakat qil va aslo tilla tangadan arzoniga sotma! Bo‘l, tezroq jo‘na endi!
Yigit uzukni oldi va otga minib bozorga jo‘nadi. Bozorga kelgach, u uzukni savdogarlarga ko‘rsata boshladi.

Lekin ular tilla tanga haqida eshitishlari bilan uzukka qaramay qo‘yishdi. Kimdir uning ustidan kuldi, kimdir esa yuzini burib ketdi va faqat bir qariya savdogargina unga bu uzuk uchun tilla tanga o‘ta qimmat narx ekanligini, uzuk uchun mis tanga, juda oshib ketsa kumush tanga berishlari mumkinligini aytdi.

Qariyaning so‘zlarini eshitgan yigitning kayfiyati tushib ketdi. Ustoz unga uzukni faqat tilla tangaga sotish kerakligini aytgandi. Butun bozorni aylanib, yuzlab savdogarlarga uzukni taklif qilib sotolmagan yigit ortiga qaytdi. U Ustoz oldida boshini egdi.

— Ustoz, topshirig‘ingizni bajarolmadim, — dedi u g‘amginlik bilan. — Men uzukni kumush tangaga sotishim mumkin edi, lekin siz faqat tilla tangaga sotishim kerakligini aytdingiz. Uzukning narxi siz aytganchalik emas ekan.

— Hozir judayam muhim so‘zni aytding, o‘g‘lim! — dedi Ustoz. — Uzukni sotishdan oldin uning asl bahosini aniqlab olish kerak edi! Uning asl bahosini esa zargar biladi. Zargarning oldiga bor va undan uzukning narxini so‘ra. Lekin u qanday narx aytmasin, uzukni sotmasdan yonimga qaytib kel.

Yigit yana otga mindi va zargarning oldiga yo‘l oldi.
Zargar uzukni uzoq sinchiklab tekshirdi, so‘ng tarozida tortib ko‘rdi va yigitga yuzlandi:

— Ustozga aytib qo‘y, hozir bu uzuk uchun ellik sakkiz tilla tanga berishim mumkin. Lekin vaqt bersa, uni yetmish tilla tangaga sotib olaman.
— Yetmish tillaga?! — yigit xursand bo‘lib ketdi va zargarga minnatdorchilik bildirib ortiga qaytdi.

— Yonimga o‘tir, — dedi Ustoz yigitning xursandlik bilan aytgan gaplaridan so‘ng. — Gapimga quloq sol, o‘g‘lim. Sen mana shu uzuksan. Qimmatbaho va takrorlanmas! Sening asl bahoingni faqatgina haqiqiy mutaxassis bera oladi. Shunday ekan, bozorda duch kelgan kishidan o‘z narxingni so‘rab nima qilasan?

Manba: Erk.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 121
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 126
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 303
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 153
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 342
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 233
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar