“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 16:13
ЎЗO‘Z

… 53-59 abonenti: "Men sevgan yigit boshqasiga unashtirilyapti…"

17 noya, 11:40 16 381 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
… 53-59 abonenti: "Men sevgan yigit boshqasiga unashtirilyapti…" — Men dugonamning to‘yida bir yigitni uchratib qoldim. Aniqrog‘i, u kuyovjo‘ra edi, men esa kelinning o‘rtog‘i, ya’ni dugonamga hamrohlik qilardim. U menga tinimsiz qarab qo‘yar, ba’zan ko‘zini uzmasdi. Men bundan juda noqulay holatga tushardim. Yor-yor sadolari ostida to‘yxonaga kirayotganimizda ham u mendan ko‘z uzmadi. To‘y boshlanganida esa meni raqsga taklif qilgandi, u o‘ylagan qizlardan emasligimni aytib, baqirib berdim.

Notanish yigit indamay, mendan uzoqlashdi va o‘sha kuni kechqurun qo‘ng‘iroq qildi. Keyin bilsam, telefon raqamimni to‘y kuni dugonalarimdan olgan ekan. Meni sevishini aytib, tinimsiz qo‘ng‘iroq qilaverdi. Boshida unga qattiq-qattiq gapirgan, hatto haqorat qilsam-da, bora-bora unga bog‘lanib qoldim. U meni sevishiga ishontira oldi. Endi men ham unga ko‘ngil qo‘ygandim. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tib, uning muomalasi o‘zgardi. Mendan sovib borayotgandek edi. Gaplari ham avvalgidek emas, istar-istamay gapirardi. Qo‘ng‘iroq qilsam, doim kimlardir bilan gaplashayotgan bo‘lardi. «Kim bilan gaplashyapsiz?» desam, «Do‘stlarim, qarindoshlarim» deb bahona qilardi. Keyin bilsam, u boshqasini topgan ekan.

Shunday kunlarning birida u menga qo‘ng‘iroq qilib, meni sevmasligini, shunchaki o‘rganib qolganini aytdi. Soddaligim tufayli unga ishonganimni ta’kidlab, buning uchun uzr so‘radi. Boshida gaplarini hazilga yo‘ydim, ammo ota-onasi uni qarindoshiga unashtirmoqchi ekanligini aytganida bu gaplar haqiqatligini angladim. U bilan aloqalarim batamom uzildi. Ota-onam meni turmushga berishmoqchi, lekin boshqa yigitga ko‘ngil qo‘yolmasam-chi? Nima qilishni bilmayapman. Ammo shunday bo‘lsa-da, o‘sha yigitga baxt tilayman.
Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 107
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 278
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 189
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 250
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 399
  • So'nggi yangiliklar
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 23
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 59
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 73
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 70
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 80
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 41
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 286
  • Bo‘limlar