“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:45
ЎЗO‘Z

Bilakdagi qizil ipning manosi nima?

13 okt, 08:15 19 486 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bilakdagi qizil ipning manosi nima? Bugungi kunda turli millat vakillari orasida bilakka qizil ip bog’lab yurgan insonlarni juda ko’p uchratyapmiz. Bunday paytda sizda ham ushbu ipning qanday mano anglatishiga bog’liq savollar paydo bo’lsa ajab emas. Garchi ushbu ip yomon ko’zdan saqlashi haqidagi gap-so’zlardan xabardor bo’lsangiz ham uning kelib chiqish tarixi siz uchun qiziq bo’lsa kerak.

Qizil ip induizm ibodatxonalarida yosh qizlar qo’lida taqib qo’yiladi. Buning manosi ip tez orada qizning bo’lajak turmush o’rtog’i etiborini jalb qilishidir. Buning haqiqatga naqadar yaqin ekanligi esa ma’lum emas.
Slavyanlarda va ayrim sharq mamlakatlarida bilakka taqilgan qizil ip ko’z tegishidan saqlashi hamda hayotga moliyaviy farovonlik, baxt va omadni jalb qilishi haqida ayrim tushunchalar mavjud. Shu sababli ushbu millat vakillari qadimdanoq bolalar va kattalar bilagiga qizil ip bog’lab qo’yishgan.

Ayni kunlarda qizil ip Gollivud yulduzlari orasida ham yetarlicha ommalashdi. Ana shunday yulduzlardan biri Madonna bo’lib, xonanda ko’plab intervyularida ushbu buyum uning hayotiga muvaffaqiyat olib kirgani haqida qayd etib o’tgan.

Ha aytganday, aytishlaricha, bilakdagi ipni o’z sohibi bog’lasa hech qanday kuchga ega bo’lmas emish. Shu sababli ushbu buyumdan foydalanishni istaganlar uni bog’lab qo’yishni o’z yaqinlaridan iltimos qilishadi. Ipning ikki uchi etti marta tugilib, har bir tugun tugilayotgan paytda biror narsa haqida niyat qilinadi. Bunday ipni maxsus do’konlardan sotib olish yoki shu rangdagi to’quv iplaridan tayyorlash mumkin. Qizil ip har doim chap bilakka taqiladi.

Nima ham derdik, bu borada har kimning o’z qarashi va fikri bor. Qizil ipning haqiqatan ham ijobiy sifatlarga ega yoki yo’qligi haqida esa aniq faktlar mavjud emas. Yana kim biladi deysiz?




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 0
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar