“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 01:26
ЎЗO‘Z

Tug‘ruqdan keyin qorinni ketkazishning 5 usuli

29 sen, 12:34 14 830 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tug‘ruqdan keyin qorinni ketkazishning 5 usuli Homilodorlikda gormonal o‘zgarishlar tufayli qorin va belda ortiqcha yog‘ to‘planishi kuzatiladi. Tug‘ruqdan keyin undan xalos bo‘lish uchun esa yosh onalardan biroz harakat va qunt talab etiladi. Chunki bu muammoni parhez, dori vositalari yoki «sehrli» o‘tlar yordamida hal etishga uringanlar chaqaloqqa ziyon yetkazishlari hech gapmas. Keling, yosh onalar bu katta muammosiga birga yechim izlaymiz!

Bandajlar

Tug‘ruqdan keyin foydalanishga mo‘ljallangan maxsus bandajlar qorinning bo‘shashgan mushaklarini avvalgi holiga qaytarishga yordam beradi. Shifokor maslahatiga ko‘ra, tug‘ruqdan so‘ng birinchi kundan boshlab, kuniga 10 soatdan 2 oy mobaynida foydalanish lozim. Ha, aytgandek, bunday bandajlarni chalqancha yotgan holda kiyish samaraliroq hisoblanadi. Ulardan foydalanmagan vaqtda esa qorinni tortib yurish maqsadga muvofiq.

Uqalash

Tug‘ruqdan keyin ham qomatim raso bo‘lib qolsin, degan ayol qorinni muntazam uqalashi zarur. Demak, turgan holatda kaftning yon tomoni bilan qoringa yengil zarbda urish lozim. Bunda qo‘llar ketma-ket harakatlanishi juda muhim. Mashqni bo‘sh qolganingizda besh daqiqa davomida kuniga bir necha marta takrorlab tursangiz, hash-pash deguncha ortiqcha «muammo»dan qutulasiz. Bundan tashqari, suv bug‘ida biroz eritilgan asal yordamida qorinni soat mili yo‘nalishida uqalash ham juda foydali.

O‘rash

150-200 gr. kosmetologiyada foydalaniladigan ko‘k tuproqqa iliq suv solib bo‘tqa holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan aralashma qorin sohasiga surtilib, bir soatga yopishqoq selofan bilan o‘rab qo‘yiladi. So‘ng yuvib, teriga yumshatuvchi krem surtib qo‘yish lozim. Muolajadan ikki soat avval va undan ikki soat keyin yegulik tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Uni kunora 10-15 marta bajarish yaxshi samara beradi. Biroq onkologik, buyrak, qandli diabet, yurak xastaliklarida muolaja tavsiya etilmaydi.

Jismoniy mashqlar

Yodingizda bo‘lsin, tug‘ruqdan 6-8 hafta o‘tgachgina, jismoniy mashqlarni bajarishga ruxsat etiladi.

1-mashq (rasmi bor)

15 soniya suratda ko‘rsatilganidek turib, so‘ng tizzalarni bo‘shashtirib, 5 soniya dam olinadi. Mashqni 10 marta takrorlash kerak.

2-mashq

Chalqancha yotib, yelka va oyoqni imkon qadar yuqoriga ko‘tarish lozim. 15 soniyadan keyin qoringa o‘girilib, yana 15 soniya shu holda turiladi. Mashqni 7-10 marta bajarish lozim.

3-mashq

Chalqancha yotib, qo‘llarni yonga qo‘yiladi. So‘ng tizzalarni bukib, tovonlar bir-biriga tekkiziladi. Endi oyoqni imkon qadar yuqoriga ko‘tarish kerak. Mashqni 15-25 marta bajargach, yengil tin olsangiz bo‘ladi.

Nafas mashqi

Tongda och qoringa 1 stakan iliq suv ichib, so‘ng stulga o‘tiring. Umurtqani rostlab, 5-10 daqiqa qorin bilan nafas oling. Bu mashq nafaqat ortiqcha yog‘lardan, balki tug‘ruqdan keyingi qorin dam bo‘lishidan ham xalos etadi.

Manba: Darakchi.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 189
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 121
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 101
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 0
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Bo‘limlar