“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:23
ЎЗO‘Z

Umrni uzaytirishning oson va samarali usuli aniqlandi

24 sen, 07:18 10 554 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umrni uzaytirishning oson va samarali usuli aniqlandi Kanadadagi Makmaster Universiteti olimlari haftada besh kun 30 daqiqalik jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa sabablar natijasidagi o‘lim xavfini kamaytirib, umrni uzaytirishini aniqlashdi. New Scientist nashri shu haqida ma’lum qildi.

Keng ko‘lamli tadqiqotda 17 mamlakatdan 130 ming kishi ishtirok etdi. So‘rovnoma davomida ko‘ngillilar hafta davomida necha marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini ko‘rsatishgan. Tadqiqot ishtirokchilari yetti yil davomida nazorat ostida bo‘lishgan, bu vaqt davomida kasallik va o‘lim holatlari darajasi qayd etib borilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga 150 daqiqani tez yurishga ajratuvchi kishilarda erta o‘lim holatlari xavfi 28 foizga kamayadi, 750 daqiqalik jismoniy faollik esa undan-da foydali bo‘lib, bu o‘lim ehtimolini 36 foizga kamaytiradi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yugurish, suzish bilan shug‘ullanish yoki sportzalga qatnash shart ham emas, shunchaki uylarni yig‘ishtirish yoki ishga piyoda borishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar tavsiyalarga hamma rioya qilsa, u holda har yetti yilda 8 foiz o‘lim holatlarining oldini olish mumkin bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 18-64 yoshdagi kishilarga har hafta kamida 150 daqiqani me’yoriy jismoniy faollikka va ikki kunni mushaklarni mustahkamlovchi mashqlarga qaratishni tavsiya qilishmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 190
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 132
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 309
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 162
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 353
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar