“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:58
ЎЗO‘Z

7 sabab: Sizni semirishga nima majbur qilmoqda?

22 sen, 09:41 8 003 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
7 sabab: Sizni semirishga nima majbur qilmoqda? Yaqin-yaqingacha ortiqcha vazn muammosi faqatgina amerikaliklarning jiddiy muammosi edi, hozir esa bu dunyo miqyosidagi muammoga aylandi. Nima uchun odamlar tezkor sur’atlarda vazn to‘plamoqda? Sabab ko‘p, lekin asosiylari yettita. Ularni bartaraf qiling - shunda sanoqli kunlarda qomatingiz chiroyli bo‘ladi.

Qat’iy parhez
Keng tarqalgan fikrga qarshi o‘laroq, parhez ozishga yordam bermaydi. Umuman olganda, ovqatni o‘tkazib yuborish - vazn tashlashning samarasiz usuli. Journal of Nutritional Biochemistry jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ovqatni vaqtinchalik cheklash metabolizmning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Qisqasi, tushlikni o‘tkazib yuborib, semizlik sari qadam tashlagan bo‘lasiz.

Noto‘g‘ri nonushta

Nonushta - kun davomidagi eng muhim taomlanish vaqti ekani haqida eshitgandirsiz? Xullas, buni haqiqat deb qabul qilish vaqti keldi. Bo‘tqalar, apelsin sharbati va sarxil mevalar kunning mukammal boshlanishi bo‘ladi. Bunday nonushta biryo‘la metabolizmni ham mustahkamlaydi.

Uyqu yetishmovchiligi

Umuman olganda, me’yordan ko‘p uxlash ham organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sababi oddiy: uyqu yetishmasligi ham, uning me’yordan ko‘pligi ham metabolizmning sekinlashuviga olib keladi. Katta yoshli odam kuniga 7-9 soat uxlashi zarur.

Suvsizlanish

Organizmingizning barcha hujayralari normal ishlashi uchun ularga suv kerak. Suvsizlikning yengil darajasida tana 3 foizga kamroq yog‘ ajrata boshlaydi. Suv ichishni yoqtirmaysizmi? Ko‘k choy iching. Bir piyola ko‘k choy metabolizmni 3 soatga tezlashtiradi.

Sport va dangasalik

Metabolik jarayonlar sport mashqlari tugagandan keyin ishga tushadi. Ta’siri deyarli ikki kungacha saqlanib qoladi - demak, katta yoshli odam haftada uch marta albatta zalga chiqishi kerak. Mushak massasi to‘plami ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: mushaklar doimiy energetik quvvatni talab qiladi, bu esa organizmni moddalar almashinuvini tezlashtirishga majbur qiladi.

Stress ta’siri ostida semirish

Birinchidan, hatto yengil stress ham organizmingizni sekinlashishga majbur qiladi. Ikkinchidan, miyaning asabiy zo‘riqishidan oddiy usulda xalos bo‘lish mumkin: sizni shirinlik yeyishga majbur qilish. Albatta, bu bilan stressdan butkul qutulib bo‘lmaydi, biroq bu jarayonni boshqarish imkoni paydo bo‘ladi. Ishonmasangiz, sinab ko‘ring - yordam beradi.

Sut mahsulotlari

Nima uchundir ko‘pchilik sut mahsulotlaridan voz kechish ozishga yordam beradi deb o‘ylaydi. Sut haqiqatda yog‘li, lekin shuni deb undan to‘liq voz kechish kerak emas. Gap shundaki, sut mahsulotlari organizmni kerakli miqdordagi kalsiy bilan ta’minlaydi. Yog‘ hujayralarida kalsiy qancha ko‘p bo‘lsa, organizm shuncha ko‘p yog‘ni parchalaydi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 168
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 118
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 294
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 193
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 258
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 406
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar