“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:29
ЎЗO‘Z

Maoshni oshirishni qachon so‘ragan ma’qul?

24 avg, 20:01 5 972 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maoshni oshirishni qachon so‘ragan ma’qul? Ko‘p xodimlar maoshni oshirishni so‘rashga qiynalishadi, lekin bu u qadar qo‘rqinchli emas. Rahbaringiz bilan haftaning qaysi kuni, qaysi payt gaplashish maqsadga muvofiq ekanini biling. "Layfxaker" xodimlarning qachon maoshni oshirishni so‘rab murojaat qilishi mumkinligiga doir ma’lumotlari bilan bo‘lishdi.

1. Yangi majburiyatlar paydo bo‘lganda

Agar sizning lavozimingiz oshirilsa, vazifalaringiz bevosita o‘zgarsa yoki birovning vazifasini sizga yuklashsa, ish haqini oshirishni so‘rab murojaat qilishning ayni vaqti! Endi ko‘proq vazifalarni bajarishingiz kerak bo‘ladi, axir. Demak, shunga yarasha haq ham olishingiz kerak. Agar qandaydir muhim yirik loyiha uchun javobgar bo‘lsangiz, o‘z harakatlaringiz va vaqtingiz uchun mukofot masalasini muhokama qilishga urinib ko‘ring.

Rahbariyat bu iltimosingizni rad etsa, ehtiyotkorlik bilan, bunday vazifalarni bajarishi kerak bo‘lgan yangi xodim avval boshdanoq ko‘proq maosh talab qilishiga sha’ma qiling.

2. Muvaffaqiyatga erishganingizda

Agar kompaniyaga katta foyda keltirgan bo‘lsangiz, masalan, muhim bitim imzolagan yoki ko‘p yangi mijozlarni jalb etgan bo‘lsangiz, qo‘rqmay maoshingizni oshirishni so‘rang. Siz o‘z-o‘zidan ish haqingizni oshirishni so‘ramayapsiz, buning arzirli sabablari bor. Siz bunga loyiqsiz. O‘zingizning haqiqatda qadrli xodim ekaningizni his qilishingiz muhim.

Bu muvaffaqiyatga erishish uchun qanday mehnat qilganingizni aytib bering. Rahbariyatni maoshingizning oshishi sizni kelgusida yanada katta ishlarga ilhomlantirishiga ishontiring.

3. Malaka oshirgandan keyin

Rezyumeingizdagi yutuq va ko‘nikmalar satrlari to‘lib borgan sari ish haqingiz ham shunga muvofiq oshib borishi kerak. Bu masalani albatta rahbariyat bilan muhokama qiling.

4. Personalning yillik tahliliga uch oy qolganda

Rahbariyatdan maoshni oshirish haqida so‘ramoqchi bo‘lsangiz, buni byudjet taqsimlangunga qadar amalga oshiring. Agar siz bu masalani xodimlarga baho berish paytida ko‘tarsangiz, yana 3-4 oy kutishingizga to‘g‘ri keladi.

5. Erta kuzda

Bu punkt, to‘rtinchisi kabi, oldini olishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Yangi yil boshidan ko‘proq maosh olishni istasangiz, sentyabr oyidayoq ish haqini oshirishni so‘rang. Bu ham byudjetni taqsimlash bilan bog‘liq.

6. Juma kuni

Agar siz o‘z masalangizni juma kuni ko‘tarsangiz, rahbariyatning bu haqida o‘ylab ko‘rishga vaqti bo‘ladi. Boz ustiga, bu kuni barcha xodimlar odatda yaxshi kayfiyatda bo‘lishadi.

7. Ertalab

Rahbar ertalab kunning boshqa paytiga nisbatan muhokamalarga moyilroq bo‘ladi. Biroq ostonadan qadam qo‘yiboq maqsadga o‘tish tavsiya etilmaydi. Rahbar o‘z xonasiga kirib, qahvasini ichib, 1-2 ta xatga javob berishini kuting. Ertalabki soat 11:00 - ish haqini oshirishni so‘rash uchun ayni muddao.

8. Etarlicha dalillarga ega bo‘lganingizda

Bu maoshni oshirishni so‘rashning majburiy sharti. Siz ish haqini oshirishni juma kuni ertalab so‘rasangizu, o‘z nutqingizni tayyorlab olmasangiz, maqsadga erishishingiz dargumon. Shu bois nima uchun ish haqingiz oshirilishi kerak deb hisoblashingizni oldindan o‘ylab qo‘ying.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 191
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 122
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 102
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 130
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 243
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar