“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:06
ЎЗO‘Z

Haqiqiy rahbarlar amal qiluvchi 6 qoida

24 avg, 20:19 7 599 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Haqiqiy rahbarlar amal qiluvchi 6 qoida Yaxshi rahbarlar o‘z xodimlarining fikrini tinglashadi, ulardan o‘rganishadi va o‘z jamoalari uchun foydali bo‘lishga harakat qilishadi. Ular ishda amal qiluvchi yana bir necha qoida mavjud. "Layfxaker" haqiqiy etakchilar amal qiluvchi olti qoida bilan tanishtirdi.

1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi

Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab etishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi?

Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali ma’lumot oladi.

2. O‘z ishi haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi

Haqiqiy etakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga - doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.

3. Xodimlari bilan ishonchli munosabat o‘rnatishadi

O‘zingizdagi etakchilik fazilatlarini rivojlantirishni xohlasangiz, o‘zingizni shunday tutingki, odamlar sizga ishonsin. Yaxshi rahbar uchun xodimlarining muhim masalalar bo‘yicha unga murojaat qilishi juda muhim. Ishonchli munosabatlar rahbarning ochiqligi, e’tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.

4. O‘z kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxshilashga harakat qilishadi

Haqiqiy etakchi faqat o‘z qiziqishlari bilangina cheklanib qolishi kerak emas. U o‘z xodimlari uchun qayg‘uradi va ularning ehtiyojlariga e’tiborli bo‘ladi. Shu tariqa u kuchli va jipslashgan jamoani tashkil qiladi.

Rahbar ishchilar ko‘z o‘ngida o‘z nufuzini oshirish uchun o‘ziga o‘zi savol berishi kerak: xodimlarim ishxonada o‘zlarini qulay his qilishlari va o‘z ishlarini sevishlari uchun bugun nima qilishim mumkin?

5. O‘z xatolarini tan olishadi

Kibr, noinsoflik va boshqalar fikrini inkor etish — rahbar xalos bo‘lishi kerak bo‘lgan sifatlar. Har bir inson shaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik tashkilot etakchisi ham qayerdadir xato qilishi mumkin. Jamoa esa aynan g‘oyalar, fikrlar almashish va bir-biriga yordamlashish uchun ham kerak.

O‘z xatolarini tan olish - zaiflik belgisi emas. Aksincha, xodimlar bunday rahbarni hurmat qilishadi. Zero doim haq bo‘lgandan ko‘ra, vazifani to‘g‘ri bajarish muhimroq.

6. O‘z pozisiyalarida qat’iy turishadi

Yaxshi rahbar qat’iy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu sifat kompaniya jiddiy sinovlarga duch kelganida muhim qarorlar qabul qilish uchun ham zarur. U o‘z tamoyillaridan voz kechishi kerak emas. Haqiqiy etakchi o‘zini ham, xodimlarini ham aldamay, doim vijdonan harakat qilishi kerak.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 341
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar