“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

Qahva erta o‘lim xavfini kamaytiradi...mi?

11 iyul, 18:02 10 260 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qahva erta o‘lim xavfini kamaytiradi...mi? Qahvani me’yorda iste’mol qilish saraton va yurak xastaliklari tufayli hayotdan ko‘z yumish tahdidini kamaytiradi, jigar ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va immunitetni mustahkamlaydi. Buni ikkita tadqiqotchilar guruhi aniqlashdi, ular 16 yil davomida 700 ming insonning ma’lumotlarini yig‘ib kelishdi. Har ikki tadqiqot Annals of Internal Medicine jurnalida e’lon qilingan.

521 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan birinchi tadqiqotda aniqlanishicha, qahvani iste’mol qilish qanchalik ko‘p bo‘lsa, saraton, insult, yurak xastaliklari va qon aylanishi bilan bog‘liq muammolar tufayli hayotdan ko‘z yumish tahdidi shunchalik kam bo‘lar ekan. Shu bilan birga, qahvada kofeinning albatta bo‘lishi hech qanday katta o‘rin tutmagan. Shuningdek, tadqiqotchilar 14 ming kishini qo‘shimcha tahlillardan o‘tkazib aniqlashdiki, qahvani sevib iste’mol qiluvchilarning jigari ancha sog‘lom va immuniteti mustahkamroq ekan.

215 ming kishining ma’lumotlari bilan ishlagan Janubiy Karolina Universiteti tadqiqotchilari ham shunga o‘xshash natijalarni olishgan. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, qahva iste’moli yurak xastaliklari, saraton, insult, diabet va buyrak kasalliklari tufayli vafot etish tahdidining kamayishi bilan bog‘liq. Bir kunda kamida bir finjon qahva ichish, qahvani umuman iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda erta o‘lim xavfini 12 foizga qisqartiradi. Bir kundagi uch finjon qahva esa ushbu tahdidni 18 foizga kamaytirar ekan. Xuddi birinchi tadqiqotdagi kabi, qahva tarkibida kofeinning bor yoki yo‘qligi hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 100
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 269
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 133
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 313
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 210
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 0
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 1
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 44
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 17
  • Bo‘limlar