“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:16
ЎЗO‘Z

Odamlarga ta’sir etishning asosiy kaliti

08 iyul, 14:06 9 575 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odamlarga ta’sir etishning asosiy kaliti Kim bilandir gaplashganda siz unga o‘z nuqta-nazaringizni etkazasiz. Aytadiganingiz hamsuhbatingizga foydasi tegsa, e’tibor qozonasiz. Har bir kishida shaxsiy mafaat bor va u birinchi o‘rinda turishini yodingizdan chiqarmang.

Murosali bo‘ling. E’tibor qozonishning eng oddiy yo‘li – muzokara. Birovga fikringizni majburlab uqtirmang.

Odamlarga ta’sir etishning asosiy kaliti – ularga aralashish. Qancha chiqishimli bo‘lsangiz, qarashlaringizni yoqlaydiganlar shuncha ko‘payadi.

Boshqalar bilan muntazam munosabat o‘rnatishingiz ishontirishingizga bog‘liq. Buning uchun esa sizda o‘shanga nisbatan ishtiyoq kuchli bo‘lishi kerak.

Kimnidir o‘zingizga bog‘lanib qolishini istasangiz, uni suhbatingiz bilan mahliyo eting. Bunda samimiy bo‘lishingiz juda muhim va hurmat ko‘rsatish ham e’tiborga olinadi. Oddiy, lekin g‘ururli bo‘ling. O‘zini sevgan va hurmat qilgan odamni barcha yoqtiradi.

Pul ko‘p masalani hal etadigan vosita ekanini yaxshi bilasiz. Saxiy bo‘ling. Tulov usuli bilan masala tez va oson hal bo‘ladi. Uning birgina kamchiligi Sizga qimmatga tushishida.

Dunyoqarashingizni aniqlab oling va unga qat’iy amal qiling. Fikringiz o‘zgarishini sezishsa, gapingizga ishontirolmaysiz.

Bilmagan narsangiz haqida gapirmang. Aravani quruq olib qochgan hech kimga yoqmaydi.

Asos bilan gapiring, fikringizni dalil bilan isbotlang. Masalaning mohiyatini yaxshi bilgan odamning gapiga quloq osadilar.

Tinglashni bilgan yaxshi suhbatdosh, degan aqidani bilsangiz kerak. Eshitish munosabatlarning samarali bo‘lishini ta’minlash bilan birga atrofdagilarning e’tiborini ham tortadi.

Ishonch bilan gapirsangiz, odamlar quloq solishadi. Tanlagan yo‘lingizning to‘g‘riligini tekshirgan bo‘lsangizgina shu yo‘ldan yurishni odamlarga ishontira olasiz.

Gapingizni o‘zgalar eshitishini isitaysizmi, unda avval ular fikrini hurmat qilishni o‘rganing.
O‘zingizni aqlli, ishonchli va mullohazali kishi sifatida ko‘rsatgan bo‘lsangiz, odamlar sizga ishonadi va fikringizga qo‘shiladi. Ana shunda obro‘ va e’tiborga erishasiz.

O‘z nuqtai nazaringizga boshqalarni ishontirish uchun uzoq vaqt kerak. Shuning uchun juda sabrli bo‘lishingiz talab etiladi.

Nohaq ekaningizni anglasangiz, iqror bo‘ling. Odamlar xatolarini tan olgan kishini adolatli va halol kishi deb hisoblashadi.

Nima deyishingizdan qat’iy nazar, aytadigan gapingizda maqsad bo‘lishi shart. Uni aniqlab olgan taqdirdagina gapingiz ishonchli chiqadi.

Ishontirish gapirish uslubingizga ham bog‘liq. Bu boradagi mahoratni esa tajribadan olasiz. Faqat shu orqali uslubingizni mukammalashtirishingiz mumkin.

Nuqta-nazaringizni tasdiqlash uchun dalillar kerak bo‘ladi. Tadqiq bilan unga erishasiz.

Odamlarga ma’qul bo‘lishni istasangiz, xushchaqchaq bo‘ling. Odamlar xushfe’l va quvnoq kishilarni yoqtirishadi.

Odamlar bir-birining fikrini e’tiborga olishadi. Qo‘llab-quvvatlash bilan o‘zgalarning hurmati va ishonchini orttirasiz.

«Marhamat», «rahmat» so‘zlarini ko‘proq va muloyimlik bilan ishlating. Iltimos bilan ish tez bitadi.

Ana shu tavsiyalarni amalga oshirsangiz, odamlarga ta’sir etish mahoratini egallagan bo‘lasiz. Lekin undan hech qachon yomonlik uchun foydalanmang.

Manba: mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 125
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 301
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 151
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 335
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 228
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 293
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar