“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

Hayot maktabi uchun zarur bilimlar

21 iyun, 19:15 7 886 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hayot maktabi uchun zarur bilimlar Kimyoning menga foydasi tekkani yo‘q. Fizikaning ham. Tarix-chi? Afsuski, uning ham. Bu fanlarni kamsitmagan holda shuni aytishim kerakki, maktabda o‘rgatilishi kerak bo‘lgan hamma narsa o‘quvchilarga o‘qitilmaydi. Biz maktabda o‘rgatilishi lozim bo‘lgan-u, biroq qilinmagan ishlar ro‘yxatini tuzib chiqdik.

Bilishingiz zarur bo‘lgan narsalar. Biroz shubhali, ammo qiziqarli eshitildimi? Shuning uchun bunday maqolani faqat bir kishi yoza olmaydi. Sub’ektivlikni bir tomonga surib qo‘yib, biz Quora xizmatiga murojaat qildik. Bu erda o‘nlab foydalanuvchilar butun umri davomida nimani bilishni istaganliklari to‘g‘risida gapirib berishdi. Ular shu narsalarni yoshligidan bilmaganliklari uchun pand eyishgan, moslasha olmay qiynalishgan.

1. Sizning muvaffaqiyatingiz hech kimni qiziqtirmaydi. Agar kim uchundir bu ahamiyat kasb etsa ham, bu sizni tashvishga solmasligi kerak.
2. Qoidalarni buzuvchilar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing. Biroq qonunlarni buzuvchilar bilan emas.
3. Insonlar qanday qilib qaror qabul qilishlarini bilish uchun notiqlik san’ati asoslarini o‘rganing.
4. G‘amxo‘rlik kuchsizlik bilan barobar emas. Yaqinlaringiz to‘g‘risida qayg‘uring.
5. “O‘zingiz sevgan ishni qiling” – unchalik ham omilkor maslahat emas. Undan ko‘ra e’tiboringizni boshqalarga foyda keltiradigan biror narsa yaratishga qarating. Shunda imkoniyatlar eshigi ochiladi.
6. Tavakkal qilish – yaxshi. Bemulohaza bo‘lish esa yomon. Tavakkal va ahmoqlik o‘rtasidagi farqni anglashni o‘rganing.
7. Hech nimaga mute bo‘lib qolmang. Balki tobe bo‘lib qolgan qiziqishlaringizsiz hayot zerikarli tuyular, biroq siz ehtiyojlaringizga nisbatan yuqori turishingiz lozim.
8. Shuhratparastlik – faqatgina uni jilovlay olmagan kishilar qo‘lida yomondir. Aynan mana shu shuhratparastlik hayotda nimagadir erishish uchun turtki bo‘ladi.
9. Hamma insonlar yaxshi.
10. Hamma insonlar yomon.
11. Sizga aytilayotgan hamma gapga ham ishonmang.
12. Ish – bu hayot degani emas, biroq uning katta qismidir. Siz unga vaqtingizning uchdan birini sarflaysiz. Shuning uchun sizga yoqqan ishni tanlash – ancha dono qadamdir.
13. Shaxsiy baxtga erishish yon-atrofingizdagilarni baxtli qilayapsizmi-yo‘qmi mana shunga bog‘liq.
14. Eskalator harakatlanishiga teskari yugurish ahmoqona, lekin juda qiziqarli ish.
15. Agar kimdir sizni xafa qilayotgan bo‘lsa, demak siz u uchun ahamiyatga egasiz.
16. Haqoratga e’tibor qaratmang, lekin tanqidlarga quloq tuting.
17. Salbiy natijalarga o‘zingizni tayyorlang. Agar ish ijobiy yakun topsa, xursand bo‘lasiz. Agar aksincha bo‘lsa, uni qiynalmay qarshi olasiz.
18. Boshqalar sizdan kutayotganiga qaraganda ko‘prog‘ini qiling.

Manba: Mulohaza.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 159
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 127
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 305
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 155
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 344
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 236
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar