“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:10
ЎЗO‘Z

Ramazon o‘gitlari. Zinodan ham yomon ish

27 мая, 22:39 17 513 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramazon o‘gitlari. Zinodan ham yomon ish Eri bor ayolga sovchi bo‘lish mutlaq haromdir, gunohdir. Ba’zilar «Bu shundoq ham tushunarli-ku, kim ham eri bor ayolga sovchi bo‘lardi? Boshida eri bor ayolga sovchi bo‘lish gunohligini hamma biladi» deyishi mumkin. Lekin shunday kimsalar borki, tuppa-tuzuk yashab turgan er-xotinni bir-biriga qayrab, erini xotiniga, xotinni eriga yomon ko‘rsatib, oilasini buzish mumkin. Birovning ayoliga erishish uchun unga yaxshi gapiraverib, sovg‘a-salomlar beraverib, oxiri eridan aynitishi, erdan ajrasang, senga uylanaman deb, uylanib olayotgan nomardlar ham ozmuncha emas ekan.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Bir ayolni eriga qarshi qayrab, eriga munosabatini buzgan yoki qulni o‘z xojasiga qarshi qayragan odam bizdan emas», deganlar. Bir rivoyatda «Xotinni eriga qayragan odam» deyilgan.
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan.

Masalan, bir odam tuppa-tuzuk yashab turgan oilaning o‘rtasiga tushib, er-xotinning orasini buzadi, oxiri ish taloqqa borib etadi, keyin u o‘sha ayolga uylanadi. Yana o‘zicha «Men zino qilmadim. Talog‘ini oldi, iddasini o‘tirdi, shundan keyin men uni nikohimga oldim» deyishadi. To‘g‘ri, zino qilmagandir, lekin zinodan ham yomon ishni qildi, oilani buzdi. Payg‘ambar alayhissalom unday odamni «Bizdan emas» deganlar. Demak, ikki kishini, ayniqsa, er-xotinni bir-biriga gijgijlagan odam bizdan emas ekan, ya’ni musulmonlardan emas ekan. Buning ma’nosi iymondan chiqishdir. Bu zinodan ham og‘irroq gunoh bo‘ladi. Shuning uchun birinchi navbatda eri bor ayolga sovchi qo‘yish mutlaqo harom deyilgan.

Rahmatulloh SAYFUDDINOV

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 121
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 292
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 146
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 332
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 225
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar