“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:21
ЎЗO‘Z

Kuniga 30 daqiqalik yugurish umrni 9 yilga uzaytiradi

23 мая, 08:10 12 731 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuniga 30 daqiqalik yugurish umrni 9 yilga uzaytiradi Amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, kuniga 30 daqiqalik yugurish umrni 9 yilga uzaytirar ekan. Tadqiqot natijasi fitnesning a’zolarimizga qanchalik ijobiy ta’sir qilishini yana bir bor isbotlab berdi. Olimlarning qayd qilishlaricha, doimiy jismoniy harakatlar hujayralar qarishini sekinlatadi hamda umrning uzayishiga xizmat qiladi.

Haftasiga 5 kun muntazam ravishda yarim soatdan yugurish inson umrini 9-10 yilga uzaytiradi. Bunday yugurish mashqlari ajin tushishi va sochning oqarishini ham sekinlashtiradi. O‘rta yoshli kishilarda organizmdagi hujayralar juda mustahkam bo‘lib, silliq teri, qalin sochlar va yuqori darajadagi energiya bilan ta’minlaydi. Ammo yillar davomida hujayralar mustahkamligi kuchsizlanib boradi, hujayralarning o‘zi esa halok bo‘la boshlaydi.

Afsuski, bu holat yuzga ajinlar tushishi, sochning oqarishi hamda teri ostidan tomirlarning bo‘rtib chiqib qolishiga olib keladi. Biroq jismoniy harakatlar ushbu jarayonni sekinlatishiga ta’sir o‘tkaza oladi. Tadqiqotlar shuni isbotlaydiki, mashqlarni faollik bilan bajargan insonlarda telomerlar ko‘rsatgichi ancha uzun bo‘ladi.

Telomerlar – xromosomalardan iborat bo‘lib, ularning uzunligiga qarab, qarish jarayoni ham sekinlashadi. Shuningdek, telomerlarning uzunligi chiroyli tashqi ko‘rinish va qaddi-qomatni tetik bo‘lishini ham ta’minlaydi.

“Pasportda yoshingiz 40 bo‘lsa, bu ko‘rinishiningiz ham 40 yoshda degani emas. Jismoniy faollikning darajasi bizning a’zolarimizdagi qarish jarayonining tezligiga ta’sir ko‘rsatadi”, deydi tadqiqotchilardan biri.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 64
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 242
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 148
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 119
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 149
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar