“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:39
ЎЗO‘Z

40 yoshga to‘lgunga qadar to‘xtatilishi kerak bo‘lgan xatolar

22 мая, 15:27 6 980 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
40 yoshga to‘lgunga qadar to‘xtatilishi kerak bo‘lgan xatolar Agar o‘zingizni yaxshi ko‘rsangiz va dangasalikni engib o‘tishga qodir bo‘lsangiz, yoshning ahamiyati yo‘q. 20 va hatto 30 yoshda ham muammolardan qo‘rqmaysiz. Tana har qanday sharoitda ishlashga tayyor va yo‘lda uchraydigan barcha to‘siqlar o‘tib ketadigandek ko‘rinadi.

Aslida esa, yoshlikdagi xatolar 40 ga yaqinlashganda o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Har bir chekilgan sigareta, iste’mol qilingan spirtli ichimlik, qo‘yib yuborilgan mashg‘ulotlar ayanchli tugashi hech gap emas. 40 da ham yosh va tetik bo‘lishni istaysizmi? Trendymen buning uchun hozirning o‘zidayoq chek qo‘yishingiz kerak bo‘lgan xatolarga ishora qiladi, deydi Kun.uz nashri.

Suv ichmaslik

Suv organizmdagi har bir hujayra va organ, shu jumladan terini ham oziqlantiradi. Ayniqsa yoshi 30 dan oshgan kishilar uchun organizmning etarlicha namlangan bo‘lishi juda muhim: nima uchundir yosh o‘tgan sari chanqoq hissi kamroq seziladi.

Mashg‘ulotlarni qo‘yib yuborish

Yaxshi o‘ylangan jismoniy mashqlardan iborat rejim maxsus mashg‘ulotlarsiz to‘liq bo‘lmaydi. Bu sizga mushaklar tonusini saqlab qolish, metabolizmni oshirish va suyaklarni mustahkamlashda yordam beradi. Bundan tashqari, og‘ir yuklar bilan ishlash epchillik va muvozanatni yaxshilaydi hamda barcha organlarni etarlicha kislorod bilan to‘yintiradi.

Chekish

Chekish - zahar kabi. Tamaki tutuni yurak-qon tomir kasalliklari, o‘pka saratoni, falaj xavfini oshiradi va chekuvchi insonga boshqa ko‘plab ko‘ngilsizliklar keltiradi. 30 yoshdan keyin bu eng zararli odatlardan ochiqchasiga tahdid soluvchi odatga aylanadi: mavjud barcha xavflar rivojlanish uchun jiddiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Og‘riqqa e’tiborsizlik

Tanangiz sizga nimagadir ishora qilayotganida, unga e’tibor bermaslik ahmoqona xatodir. Muammodan qancha erta xabar topsangiz, uni davolashga shuncha kam pul sarflaysiz. Shunga qaramay, ko‘p bemorlar shifokorlarga murojaat qilishni orqaga surishadi. Masalan, erkaklar proktologga borishga or qilishadi, ayollar esa mammologni chetlab o‘tishga harakat qilishadi.

Quyosh ostida yurish

Albatta, kun bo‘yi quyoshdan qochishga chorlamaymiz, biroq yodingizda bo‘lsin: ultrafiolet nurlar terining vaqtidan ilgari qarishiga olib keladi va melanoma (halokatli kasallik)ning rivojlanish xavfini oshiradi. Solyariyani unuting va doimiy ravishda quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalaning. Shunda sog‘lomroq bo‘lasiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 110
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 280
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 138
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 322
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 216
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar