“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:04
ЎЗO‘Z

Bilasizmi: Sochingiz nima uchun to‘kiladi?

22 мая, 10:34 16 456 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bilasizmi: Sochingiz nima uchun to‘kiladi? Soch to‘kilishi muammosi nafaqat erkaklar, balki ayollar orasida ham keng tarqalgan. Farqli jihati shundaki, ayollarda soch to‘kilishining oldini olish yoki uni asl holiga qaytarish mumkin. Eng yaxshi davo bu — kasallikning oldini olishdir.

Muammoni o‘z vaqtida payqash va sochlarning jiddiy to‘kilishi oldini olish uchun ularni e’tibor bilan kuzatib borish va parvarish qilish kerak.

Sochlaringizni kun davomida taraganingizda taroqda qancha soch qolayotganligiga e’tibor bering. Agar to‘kilgan soch tolalari soni yuztadan kam bo‘lsa, demak, hammasi joyida. Aks holda, soch to‘kilishi sabablari haqida o‘ylab ko‘rish kerak.

Soch to‘kilishining bir necha sababi bo‘lishi mumkin. Davolab bo‘lmaydigan yagona holat bu — nasliy sababdir. Biroq bu juda kam ayollarda uchraydi. Sochlar organizmdagi gormonal o‘zgarish, masalan, klimaks davri yoki homiladorlikda to‘kilishi mumkin. Bunday holatlarda shifokorga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Sabablardan yana biri bu — dietadir. Unutmang, sochlarning o‘sishi organizm qabul qilayotgan vitamin va minerallar miqdoriga bog‘liq. Me’yorlashtirilmagan dietalar sochlarning o‘z rangini yo‘qotib, to‘kila boshlashiga olib keladi.

Agar siz hech qanday sabab topa olmasangiz, biroq har kuni ko‘p soch yo‘qotayotganligingizni payqasangiz, qolaversa, sizni soch to‘kilishidan tashqari kuchli qazg‘oq va bosh terisining qichishi bezovta qilsa, maxsus shifokor — trixologga murojaat qiling.

Soch to‘kilishi jiddiy bo‘lmagan holatlarda sizga go‘zallik salonidagi muolajalar, uyda qo‘lllash mumkin bo‘lgan reseptlar va ovqatlanish rejimini o‘zgartirish yordam berishi mumkin.

Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 172
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 111
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 99
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 129
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 241
  • Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari 29 apr, 10:30 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar