“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:51
ЎЗO‘Z

Umrni qadrlaylik

08 мая, 19:18 7 068 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Umrni qadrlaylik 2011 yilda dadam vafot etdi. Bilasizmi, bu — butun insoniyatning taqdiri, payg‘ambarlardan qolgan meros. Men hech narsani doston qilmoqchi emasman. Men boshqa narsani isbotlamoqchiman.

Inson tug‘ilibdiki, ota va onasi unga hamroh bo‘ladi, suyanchiq bo‘ladi. Ilk qadamlar ham ular tomon bosiladi. Ammo u ulg‘aygan sari, ota-onaga bo‘lgan muhtojlik kamayib boradi. Endi o‘zingiz yurishni o‘rganasiz. Birov qo‘lingizdan tutishi shart emas. O‘qishni o‘rganasiz. Endi boshqalarning ertak aytib berishiga zor emassiz. Pul topa boshlaysiz. Endi istagan narsangizni o‘zingiz sotib olishingiz mumkin va hokazo.

Eng dahshatlisi, ularning hayotingizdagi o‘rni yillar o‘tgan sari kamayib boraveradi. Insonning eng buyuk xatosi esa, doimo o‘zi muhtoj bo‘lgan narsaga talpinadi, o‘sha narsaning hayotidagi o‘rni haqida ko‘proq fikr yuritadi.

Xo‘p, bir yil oldin dadam men uchun kim edi?

Dadam edi.

Xo‘sh?

Ishga boraman, kelaman. Salomlashaman. Birga o‘tirib, ovqatlanamiz. Ba’zan birga futbol ko‘ramiz. Ba’zan alohida ko‘ramiz. Ba’zan qaysidir mavzuda gaplashamiz. Ba’zan esa, umuman gaplashmagan kunlarimiz bo‘lgan. Sabab o‘sha suhbatsiz ham kunim o‘tavergan. Erta bor-ku?! Aminmanki, sizning ham mendan farqingiz yo‘q. Chunki buni allaqachon kashf qilganman, siz bilan men juda o‘xshaymiz.

Men hozir, sochimni yulmayapman. Nega, ko‘proq gaplashmadim, deb g‘alati nadomatlar chekkandek ko‘rsatib, sizning hissiyotlaringiz bilan o‘ynashish niyatim yo‘q. Oddiy haqiqatni aytmoqchiman.

Bilasizmi, men dadamning vafotini eshitganimda, o‘sha kuni bir kun oldingi voqealarni umuman eslamadim. Dadamning mening hayotimdagi o‘rni, zaxira o‘rindig‘ida ekanini ham his qilmadim. Men zaxira o‘yinchisini yo‘qotgan jamoaga umuman o‘xshamasdim. Mening dadamga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi, men endi "dadam" deganda, o‘sha bir kunimning qandaydir daqiqalarini birga o‘tkazadigan insonni emas, hayotimning muhim bir bo‘lagini tushuna boshladim...

Mana, meni elkalarida ko‘tarib bog‘chaga olib boryapti. Ana, hech qaysi o‘rtog‘imda bo‘lmagan qimmatbaho "tank"ni ko‘tarib keldi. Ana, men birinchi sinfning birinchi darsidaman, o‘qishni bilaman chunki, dadam allaqachon o‘rgatgan. Ana, tashqarida, darsim tugashini kutib, qalin kitob o‘qib o‘tiribdilar. Ana, birga futbolga boryapmiz — u paytlarda stadionlarda anshlag bo‘lardi — yo‘qolib qolmasin, deb qo‘limdan mahkam ushlab olgan. Eh-he, bunday daqiqalarning sanog‘i yo‘qku?!

Nega kecha bu haqida o‘ylamadim? Nega xayotimning har bir muhim daqiqasida yonimda dadam bo‘lganini har doim ham eslab yurmaganman? Nega siz eslab yurmaysiz? Nahotki, bir insonning sizga qanchalik azizligini bilish uchun bitta umrning tugashi shart bo‘lsa? Nahotki, umrning qadriga etishimiz uchun uning aslida qancha daqiqadan iborat ekanini bilishga muhtoj bo‘lsak? Busiz iloji yo‘qmi?

Umrimiz ham, birovning umri ham daqiqalar yig‘indisidan iborat ekan, uni qadrlaylik. Insonga baho berishda, birovning bizning hayotimizdagi o‘rnini aniqlashda aynan hozirgi maqomini emas, umuman u biz uchun kim bo‘lganini ham eslashni o‘rnaylik. Ana o‘shandagina, manfaatlar botqog‘iga botib qolgan bu zamonda insoniy munosabatlarni targ‘ib qilish osonlashadi.

Qahramon Aslanov

Manba: hilol.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tiniq yuz terisi va sog‘lom ichaklar garovi bo‘lgan yeguliklar 17 мая, 07:55 183
  • Qon bosimini tushiruvchi kaliyga boy mahsulot — mayizning foydali xususiyatlari 13 мая, 13:51 253
  • Doimiy ravishda konditsioner yoqilgan xonada o‘tirish qanday salbiy oqibatlarga olib keladi? 11 мая, 13:05 177
  • Tishlarni qachon yuvgan ma’qul: nonushtadan avvalmi yoki keyin? 11 мая, 06:00 375
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 413
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 635
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar